O‘zbekistonda ilk bor iste’mol savatining qiymati hisoblab chiqildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishProdaja kurinix yais v regionax Rossii
Prodaja kurinix yais v regionax Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ilk bor hisoblab chiqilgan iste’mol savatining qiymati - 2 milliondan oshib ketdi. Uning katta qismini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 3 fev - Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor iste’mol savati miqdori hisoblab chiqildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Sputnik muxbiriga.
Korzina s produktami v kanadskom supermarkete - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2020
O‘zbekistonda "iste’mol savati"ning loyihasi ishlab chiqilmoqda
Xabarda aytilishiga ko‘ra, jahon tajribasi va aholining ijtimoiy so‘rov natijalarini hisobga olgan holda 2020 yil dekabr oyida iste’mol savatini hisob-kitob qilish ishlari olib borilgan.
Uning tarkibiga oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari nooziq-ovqat kundalik uy-ro‘zg‘or buyumlari, kosmetika va dorilar, kommunal xizmat to‘lovlari va transport xarajatlari ham kiritilgan.
Natijada O‘zbekistonda mehnatga layoqatli bo‘lgan bir kishi uchun bir oylik iste’mol savati qiymati o‘rtacha - 2 157 000 so‘mni tashkil etgan.
Unga quyidagilar kiritilgan: 
1. Oziq ovqatlar - 1,27 mln. so‘m
  • go‘sht 8 kilo (550 ming)
  • meva-sabzavotlar (338 ming)
  • baliq (113 ming)
  • non va dukkakli mahsulotlar (140 ming) 
2. Shaxsiy gigiyena va xo‘jalik mollari - 76 ming so‘m 
  • sovun, shampun, tish pastasi
  • kir yuvish kukuni, tualet qog‘ozi
3. Xizmatlar va kommunal to‘lovlar - 782 ming so‘m.
  • Tibbiy xizmatlar va sartarosh (108 ming)
  • Qo‘shimcha mashg‘ulotlar (300 ming)
  • Internet, tv, mobil aloqa (140 ming)
  • Transport (84 ming)
  • Kommunal to‘lovlar (150 ming) 
Shu o‘rinda, ta’kidlash joizki, odatda iste’mol savati aholining 3ta ijtimoiy-demografik guruhi - mehnatga layoqatlilar, nafaqaxo‘rlar va bolalar uchun alohida hisoblab chiqilishi kerak. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hozircha faqat bir guruh uchun iste’mol savati miqdorini hisoblab chiqishgan ulgurgan.
Yangiliklar lentasi
0