Janubiy Koreya O‘zbekistonni qizil hududdagi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishFlag Yujnoy Korei v Seule.
Flag Yujnoy Korei v Seule. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreya O‘zbekistonni qizil hududdagi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi. Bunga respublikada epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sabab bo‘lgan.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Janubiy Koreya O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgani inobatga olib, uni qizil hududdagi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi.
Shu munosabat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘zbekistonlarga murojaat qildi.
“Shartnomasi mavjud hamda viza tasdiqnomalarining amal qilish muddati tugamagan fuqarolarni pandemiya davrida Koreya Respublikasiga tashkiliy tarzda jo‘natish tartibini kelishib olish bo‘yicha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan mazkur davlatning tegishli idoralari bilan muzokaralar olib borilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, hozir fuqarolarni tashkiliy tarzda jo‘natishning aniq sanalari noma’lum. Shartnomasi kelgan va viza tasdiqnomalari mavjud fuqarolarning agentlikka taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlarni tayyorlab qo‘yishlari tavsiya qilinmoqda.
Kak proxodit sobesedovanie dlya raboti v RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2021
Rossiyaga ishga ketish uchun suhbatlar qanday bo‘lib o‘tmoqda
Mehnat migratsiyasi: O‘zbekistonni Yaponiya va Janubiy Koreya kelajagi kutaptimi?
Agentlik sudlanmaganlik to‘g‘risidagi va tibbiy ma’lumotnomalarning amal qilish muddati berilgan kundan boshlab 3 oy ekanini eslatgan.
Janubiy Koreyaga pandemiya sharoiti yaxshilanishi bilan aviareyslar tiklanadi - TMMA
Shuningdek, xorijga chiqish pasportiga ega bo‘lmagan fuqarolardan zudlik bilan xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish so‘ralgan.
Yangiliklar lentasi
0