https://oz.sputniknews.uz/20210203/Yangiylda-sh-izaloni-olib-ketmochi-blgan-begona-shakhs-idirilmoda-15922642.html
Yangiyo‘lda yosh qizaloqni olib ketmoqchi bo‘lgan begona shaxs qidirilmoqda
Yangiyo‘lda yosh qizaloqni olib ketmoqchi bo‘lgan begona shaxs qidirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
1-sinf o‘quvchisi darsini tugatib maktabdan chiqqan vaqtida, uning yoniga noma’lum shaxs kelgan va u bilan suhbatlashgan. 03.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-03T11:07+0500
2021-02-03T11:07+0500
2021-02-03T11:30+0500
hodisalar
toshkent viloyati
yangiyo‘l tumani
maktab
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/922/37/9223762_0:11:1200:689_1920x0_80_0_0_0fc90fe2bf76c31d6109e0aa68d1493d.jpg
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Toshkent viloyati IIBB Yangiyo‘lda begona shaxs yosh qizaloqni olib ketmoqchi bo‘lgani aytilgan video yuzasidan izoh berdi.Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur holat Yangiyo‘l shahar IIB va prokuratura nazoratiga olingan va surushtiruv ishlari olib borilmoqda.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 29-yanvar kuni soat 12-10 larda Yangiyo‘l shahrida yashovchi 2013-yilda tug‘ilgan, 1-sinf o‘quvchisi S.A. darsini tugatib maktabdan chiqqan vaqtida, uning yoniga noma’lum shaxs kelgan va u bilan suhbatlashgan. Unga shirinlik olib berishini aytib, qo‘lidagi maktab sumkasini olib birgalikda bozor tomonga harakatlangan.Ular biroz yo‘l yurgandan keyin qizaloq u bilan ketmasligini aytib, xarxasha qilib yig‘lay boshlagan. Shundan so‘ng u qizga sumkasini qaytarib bergan va o‘zi yo‘lida davom etgan. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan video xabarlarda ham aks ettirilgan.Holat yuzasidan kelib tushgan xabarga asosan shahar IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surushtiruv ishlari boshlangan.Surushtiruv davomida qizning ota-onasi video tasvirda aks etgan shaxsni tanimasligini ma’lum qilgan.Hozirda ushbu shaxsning kimligini aniqlash va holatga huquqiy baho berish yuzasidan shahar IIB xodimlari tomonidan surushtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20191024/KhTV-Yunusobod-tumanidagi-bola-rilari-aida-malumot-berdi-12675021.html
yangiyo‘l tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/922/37/9223762_0:0:1200:754_1920x0_80_0_0_90a18397d7ed52171d97adf902ea9e3d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , toshkent viloyati, yangiyo‘l tumani, maktab
hodisalar , toshkent viloyati, yangiyo‘l tumani, maktab
Yangiyo‘lda yosh qizaloqni olib ketmoqchi bo‘lgan begona shaxs qidirilmoqda
11:07 03.02.2021 (yangilandi: 11:30 03.02.2021) 1-sinf o‘quvchisi darsini tugatib maktabdan chiqqan vaqtida, uning yoniga noma’lum shaxs kelgan va u bilan suhbatlashgan.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Toshkent viloyati IIBB Yangiyo‘lda begona shaxs yosh qizaloqni olib ketmoqchi bo‘lgani aytilgan video yuzasidan
izoh berdi. Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur holat Yangiyo‘l shahar IIB va prokuratura nazoratiga olingan va surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Asosiysi o‘quvchi qiz sog‘lom va ota-onasi yonida. Maktabda darslarida ishtirok etmoqda”, - deyilgan xabarda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 29-yanvar kuni soat 12-10 larda Yangiyo‘l shahrida yashovchi 2013-yilda tug‘ilgan, 1-sinf o‘quvchisi S.A. darsini tugatib maktabdan chiqqan vaqtida, uning yoniga noma’lum shaxs kelgan va u bilan suhbatlashgan. Unga shirinlik olib berishini aytib, qo‘lidagi maktab sumkasini olib birgalikda bozor tomonga harakatlangan.
Ular biroz yo‘l yurgandan keyin qizaloq u bilan ketmasligini aytib, xarxasha qilib yig‘lay boshlagan. Shundan so‘ng u qizga sumkasini qaytarib bergan va o‘zi yo‘lida davom etgan. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan video xabarlarda ham aks ettirilgan.
Holat yuzasidan kelib tushgan xabarga asosan shahar IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surushtiruv ishlari boshlangan.
Surushtiruv davomida qizning ota-onasi video tasvirda aks etgan shaxsni tanimasligini ma’lum qilgan.
Hozirda ushbu shaxsning kimligini aniqlash va holatga huquqiy baho berish yuzasidan shahar IIB xodimlari tomonidan surushtiruv ishlari davom ettirilmoqda.