Rossiyada suvoqchi va g‘isht teruvchi ustalar yetishmayapti

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishStroitelstvo doma
Stroitelstvo doma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
Obuna bo‘lish
Migrantlar mamlakatdan ketgani tufayli Rossiya qurilish kompaniyalarida "suvoqchi" va "g‘isht teruvchi ustalar" yetishmasligi yuzaga keldi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Rossiya qurilish kompaniyalarining deyarli uchdan bir qismi pandemiya sababli chet ellik ishchilar sezilarli darajada mamlakatdan ketganligini qayd etdi. Bu haqda Milliy quruvchilar uyushmasi (NOSTROY) prezidenti Anton Glushkov ma’lum qildi.
Vaksinatsiya ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2021
Migrantlar qachon COVID-19’ga qarshi emlanadi?
Mamlakatdan migrantlar ketgani tufayli eng ko‘p - yordamchi ishchilar, suvoqchilar, g‘isht teruvchi ustalar va betonchilar yetishmayapti. Oynasoluvchilar va ohaktosh ustalariga bo‘lgan yetishmovchilik nisbatan kamroq.
Assotsiatsiya rahbari ta’kidlashicha, kompaniyalarning yarmidan ko‘pi ishchilarni jalb qilishda qiyinchiliklarga duch kelmayapti. Ko‘pgina kompaniyalar rossiyaliklar va MDH davlatlari fuqarolari nisbati o‘zgargani sezilmadi.
"Shu bilan birga, kompaniyalarning 34,8 foizida ish haqi fondi sezilarli darajada oshdi, kompaniyalarning yarmi ish haqini avvalgi darajala ushlab turmoqda", - dedi Glushkov.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mehnat migrantlarini qurilish maydonlariga jalb qilish tartibini 1-martga qadar soddalashtirish bo‘yicha topshiriq bergandi.
Migranti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2021
Migrantlar tibbiy ma’lumotlari maxsus reyestrga kiritiladi - Rospotrebnadzor
Qurilish vazirligi rahbari Irek Fayzullin migrantlarni Rossiyaga olib kelish mexanizmi yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi. Rossiya qurilish kompaniyalari Turkiya, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistondan migrantlarni olib kelish uchun arizalarni onlayn shaklda yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik asosida bugungi kunda rossiyalik ish beruvchilar O‘zbekistonning ayrim hududlarida RFga qurilish sohasiga ishga jalb qilish bo‘yicha tanlov o‘tkazishmoqda.
O‘tgan haftada Samarqand shahridagi Avtomobilsozlik kollejida rossiyalik ish beruvchilar ishtirokida tanlov o‘tkazildi. Suhbat vaqtida bo‘lajak xodimlarning ish tajribasi, ko‘nikmalari, qurilish sohasidagi mutaxassisliklari, rus tilini bilish darajasiga e’tibor qaratildi. Qurilish kompaniyalari O‘zbekistondan 4000 kishini ishga yollashni rejalashtirgan. Ular montajchilar, payvandchilar, g‘isht teruvchilar, armaturachilar, beton plitalarini joylashtiriuvchilar va ichki pardoz ishlari olib boruvchilar va boshqa mutaxassislarni ishga taklif qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0