Rossiya yana ikki mamlakat bilan parvozlarni tiklashga qaror qildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSamolet na vzletnoy polose
Samolet na vzletnoy polose - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 15-fevraldan Ozarbayjon va Armaniston bilan muntazam parvozlarni tiklash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Rossiya 15-fevraldan Ozarbayjon va Armaniston bilan muntazam parvozlarni tiklaydi. Mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin tegishli hujjatga imzo chekdi.
Aeroport v gorode Buxara, Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2021
Eron aviakompaniyasi Samarqand va Buxoroga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi
15 fevraldan Moskva va Boku o‘rtasida  (haftada ikki marta) va Moskva va Yerevan o‘rtasida (haftada to‘rt marta) parvozlar amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, 8-fevraldan Moskva va Bishkek o‘rtasidagi reyslar soni haftasiga uchtagacha ko‘paytiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 27-mart kuni koronavirus tarqalishi tufayli muntazam xalqaro va charter parvozlarni to‘xtatib qo‘ygan edi. Avgust oyida Rossiya Turkiya, Buyuk Britaniya, Tanzaniya bilan parvozlarni qayta tikladi. Keyinchalik Shveysariya, Misr, BAA, Maldiv, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya, Serbiya, Kuba va Yaponiya bilan ham parvozlar o‘zaro kelishuvga asosan tiklandi. Bundan tashqari, 27-yanvardan Vyetnam, Hindiston, Finlyandiya va Qatarga uchishga ruxsat berildi. Shu tariqa, xalqaro aviaqatnovlar bosqichma-bosqich tiklanmoqda, lekin hozircha O‘zbekiston bilan tiklangani yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0