https://oz.sputniknews.uz/20210202/ashadarda-YPKh-khodimining-bannomasi-bekor-ilindi-ziga-esa-zhazo-llandi-15916090.html
Qashqadaryoda YPX xodimining bayonnomasi bekor qilindi, o‘ziga esa jazo qo‘llandi
Qashqadaryoda YPX xodimining bayonnomasi bekor qilindi, o‘ziga esa jazo qo‘llandi
Sputnik O‘zbekiston
Avvalroq ijtimoiy tarmoqda “Qashqadaryoda savodsiz GAI xodimi” sarlavhali video tarqalgan edi. Video o‘rganilgan va YPX xodimiga hayfsan intizomiy jazosi... 02.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-02T11:57+0500
2021-02-02T11:57+0500
2021-02-02T11:57+0500
jamiyat
qashqadaryo viloyati
yo‘l-patrul xizmati (ypx)
hayfsan
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1264/82/12648217_0:161:3067:1886_1920x0_80_0_0_a64dc25d7b690f10bff17f457955406d.jpg
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Qashqadaryoda ichki ishlar vazirining meyoriy buyrug‘i talablarini buzganligi uchun viloyat IIB YHXB YPX xodimiga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llandi.YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, xodim J.Qurbonovga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Uning fuqaro B.X.ga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-modda (Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar)si 1-qismining 1-bandi tartibida bekor qilingan.28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda “Qashqadaryoda savodsiz GAI xodimi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqalgan edi. Video lavha o‘rganilganda, 20-yanvar kuni 4R-79 “Qarshi-Chim-Chiroqchi-Shahrisabz” avtomobil yo‘lining 6-kilometrida xizmat olib borgan viloyat IIB YHXB xodimi J.Qurbonov tomonidan “Neksiya” rusumli avtomobil 1.1 yo‘l yotiq chizig‘ini bosib harakatlanganligi uchun to‘xtatilganligi va haydovchi B.X.ga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganligi ma’lum bo‘lgan.Qarshi shahar “Beklar” MFYda yashovchi fuqarolarning murojaati asosida ushbu kilometrda orqaga qayrilib olish joyi ochilgan.Qayrilib olish joyida yo‘l harakatini tashkil etish va yo‘l belgilari bilan boshqarish sxemasi tegishli idoralar bilan kelishilgan holda 2021-yil 14-yanvar kuni tasdiqlangan.Tasdiqlangan sxemada ko‘rsatilib o‘tilgan 5.11.1 “Qayrilib olish joyi”, 7.1.1 “Manzilgacha bo‘lgan masofa”, 5.8.1 “Bo‘laklar bo‘yicha xarakat yo‘nalishi” yo‘l belgilari o‘rnatilmaganligi hamda 1.6 (yaqinlashish chizig‘i — har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo‘lgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig‘iga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiruvchi yo‘l chizig‘i chizilmaganligi ma’lum bo‘lgan.
https://oz.sputniknews.uz/20200902/Toshkentda-Lacetti-aydovchisi-YPKh-khodimini-urib-yubordi-14892453.html
qashqadaryo viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1264/82/12648217_169:0:2898:2047_1920x0_80_0_0_84fe03a541df006ea86278ecd97d0238.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qashqadaryo viloyati, yo‘l-patrul xizmati (ypx), hayfsan
jamiyat, qashqadaryo viloyati, yo‘l-patrul xizmati (ypx), hayfsan
Qashqadaryoda YPX xodimining bayonnomasi bekor qilindi, o‘ziga esa jazo qo‘llandi
Avvalroq ijtimoiy tarmoqda “Qashqadaryoda savodsiz GAI xodimi” sarlavhali video tarqalgan edi. Video o‘rganilgan va YPX xodimiga hayfsan intizomiy jazosi qo‘llangan. Shuningdek, u rasmiylashtirgan ma’muriy bayonnoma bekor qilingan.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Qashqadaryoda ichki ishlar vazirining meyoriy buyrug‘i talablarini buzganligi uchun viloyat IIB YHXB YPX xodimiga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llandi.
YHXBB axborot xizmati
xabariga ko‘ra, xodim J.Qurbonovga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Uning fuqaro B.X.ga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-modda (Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar)si 1-qismining 1-bandi tartibida bekor qilingan.
28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda “Qashqadaryoda savodsiz GAI xodimi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqalgan edi.
Video lavha o‘rganilganda, 20-yanvar kuni 4R-79 “Qarshi-Chim-Chiroqchi-Shahrisabz” avtomobil yo‘lining 6-kilometrida xizmat olib borgan viloyat IIB YHXB xodimi J.Qurbonov tomonidan “Neksiya” rusumli avtomobil 1.1 yo‘l yotiq chizig‘ini bosib harakatlanganligi uchun to‘xtatilganligi va haydovchi B.X.ga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganligi ma’lum bo‘lgan.
Qarshi shahar “Beklar” MFYda yashovchi fuqarolarning murojaati asosida ushbu kilometrda orqaga qayrilib olish joyi ochilgan.
Qayrilib olish joyida yo‘l harakatini tashkil etish va yo‘l belgilari bilan boshqarish sxemasi tegishli idoralar bilan kelishilgan holda 2021-yil 14-yanvar kuni tasdiqlangan.
Tasdiqlangan sxemada ko‘rsatilib o‘tilgan 5.11.1 “Qayrilib olish joyi”, 7.1.1 “Manzilgacha bo‘lgan masofa”, 5.8.1 “Bo‘laklar bo‘yicha xarakat yo‘nalishi” yo‘l belgilari o‘rnatilmaganligi hamda 1.6 (yaqinlashish chizig‘i — har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo‘lgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig‘iga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiruvchi yo‘l chizig‘i chizilmaganligi ma’lum bo‘lgan.