Toshkent aeroportida bir qizni Istanbulga fohishalikka yuborayotganlar qo‘lga olindi

© Sledstvenniy departament pri MVDV aeroportu Tashkenta zaderjani sutenershi, pitavshiyesya otpravit devushku v Tursiyu
V aeroportu Tashkenta zaderjani sutenershi, pitavshiyesya otpravit devushku v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
Obuna bo‘lish
Qo‘lga olingan ayollardan biri muqaddam odam savdosi jinoyat uchun 8-yilga qamalgan va afv etilgan. Ammo u o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan yana shu jirkanch ishga qo‘l urgan.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Toshkent aeroportida bir qizni Turkiyaga fohishalik uchun shug‘ullanisha yuborayotgan ikki kishi qo‘lga olindi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 28 yoshli Shoira N. va 32 yoshli Nilufar R. “Muxlisa”ga Istanbul shahrida fohishalik bilan shug‘ullanish orqali moddiy mablag‘ orttirishni taklif qilishgan. Yo‘lkira va boshqa xarajatlarini to‘lab berishlarini va’da qilishgan. Rejaga ko‘ra qizni u yerdagi jinoiy sheriklari Nargiza G. qarshi olishi kerak bo‘lgan.
Jenskie ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2021
Toshkentda bir ayolni Dubayga fohishalikka yuborayotgan egizaklar qo‘lga olindi
Qizni Toshkent aeroportida Turkiyaga jo‘nayotgan vaqtlarida ushbu shaxslar qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi ularga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksning 135-moddasi 2-qismi “e” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov davomida Shoira N. muqaddam shu kabi sodir qilgan xatti-harakatlari tufayli odam savdosi moddasi bilan sudlanib, 8-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingani aniqlangan. Keyin u afv etilgan.
Hozirda mazkur fuqarolar muqaddam bu kabi jinoyatlarga qo‘l urgani yoki urmaganini aniqlash maqsadida surishtiruv o‘tkazilmoqda.
Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0