https://oz.sputniknews.uz/20210202/Khorizhda-iyin-avolda-olgan-menat-migrantlariga-maalliy-okimiyatlar-rdam-beradi-15919396.html
Qiyin ahvolda qolgan migrantlarga hokimiyat yordam beradi
Qiyin ahvolda qolgan migrantlarga hokimiyat yordam beradi
Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlarni qo‘llab-quvvatlash uchun bir necha viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasida maxsus jamg‘armalar tashkil etildi. 02.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-02T16:50+0500
2021-02-02T16:50+0500
2021-02-02T16:58+0500
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/10/15613020_0:205:2913:1844_1920x0_80_0_0_c7037e1c016bd090a483941c6c42914b.jpg
TOShKENT, 2 fev - Sputnik. Xorijda qiyin ahvolda qolgan mehnat migrantlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi kengaytirilmoqda. Bu haqida Sputnik muxbiri tashqi mehnat migratsiya agentligiga asosan xabar qilmoqda. Xususan, ushbu maqsadda mahalliy hokimiyatlar huzurida maxsus jamg‘armalar tashkil qilinmoqda. Jamg‘arma, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbaalari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan shakllantirib boriladi.Jamg‘arma xorijda qiyin ahvolda qolgan mehnat migrantlariga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi:
xorijiy ish beruvchilarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilish;
Vatanga qaytarish uchun avia yoki temir yo‘l chiptalari haqini to‘lash;
vafot etgan shaxs jasadini urf-odatlarga ko‘ra tayyorlashda 1 ming AQSh dollarigacha xizmatlar haqini va O‘zbekistonga olib kelish uchun chipta haqini to‘lash.
Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Namangan va Xorazm viloyatlari hokimliklari huzurida “Xorijdagi mehnat migrantlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy yordam ko‘rsatish” jamg‘armalari tashkil etildi.Ma’lumot uchun, Mehnat vazirligi huzurida ham Migrantlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan. U jamg‘armaning faoliyati yanada kengroq sohalarni qamrab oladi. Eslatib o‘tamiz, ushbu jamg‘armalar O‘zbekiston prezidentining 2020-yil 15-sentabrda qabul qilingan “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/10/15613020_92:0:2821:2047_1920x0_80_0_0_62f67535bd9ae9d641fe420bf3100af1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya
Qiyin ahvolda qolgan migrantlarga hokimiyat yordam beradi
16:50 02.02.2021 (yangilandi: 16:58 02.02.2021) Mehnat migrantlarni qo‘llab-quvvatlash uchun bir necha viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasida maxsus jamg‘armalar tashkil etildi.
TOShKENT, 2 fev - Sputnik. Xorijda qiyin ahvolda qolgan mehnat migrantlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi kengaytirilmoqda. Bu haqida Sputnik muxbiri tashqi mehnat migratsiya agentligiga asosan xabar qilmoqda.
Xususan, ushbu maqsadda mahalliy hokimiyatlar huzurida maxsus jamg‘armalar tashkil qilinmoqda. Jamg‘arma, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbaalari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan shakllantirib boriladi.
Jamg‘arma xorijda qiyin ahvolda qolgan mehnat migrantlariga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi:
- xorijiy ish beruvchilarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilish;
- Vatanga qaytarish uchun avia yoki temir yo‘l chiptalari haqini to‘lash;
- vafot etgan shaxs jasadini urf-odatlarga ko‘ra tayyorlashda 1 ming AQSh dollarigacha xizmatlar haqini va O‘zbekistonga olib kelish uchun chipta haqini to‘lash.
Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Namangan va Xorazm viloyatlari hokimliklari huzurida “Xorijdagi mehnat migrantlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy yordam ko‘rsatish” jamg‘armalari tashkil etildi.
Ma’lumot uchun, Mehnat vazirligi huzurida ham Migrantlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan. U jamg‘armaning faoliyati yanada kengroq sohalarni qamrab oladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamg‘armalar O‘zbekiston prezidentining 2020-yil 15-sentabrda qabul qilingan “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilmoqda.