Doimiy propiska olishi mumkin bo‘lgan shaxslar ro‘yxati kengaytirildi

© Sputnik / Vadim ShekunPasport grajdanina Uzbekistana
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
Obuna bo‘lish
Endi O‘zbekistonga 3 mln dollar investitsiya kiritgan va "Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chet el fuqarolari ushbu huquqqa ega bo‘ldi.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Norma” xabar qilmoqda.
O‘zbekistonda "propiska"ni endi onlayn rasmiylashtirish mumkin
Unga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar – chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:
  • xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari);
  • O‘zbekiston hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxonalar tashkil qilish uchun kamida 3 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritgan chet el fuqarosi oki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs – xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona muassisi (ishtirokchisi) hamda ularning oila a’zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari);
  • “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibiga o‘zgartirish kiritilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0