Dilshod Kenjayev prezident maslahatchisining o‘rinbosari etib tayinlandi

© Mejdunarodniy Press KlubDilshod Kenjayev, zamestitel ministra narodnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan
Dilshod Kenjayev, zamestitel ministra narodnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
Obuna bo‘lish
2018 yildan beri xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Dilshod Kenjayev prezident maslahatchisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Dilshod Kenjayev O‘zbekiston prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Prezident tegishli farmonga imzo chekdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kenjayev 2018-yildan beri Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Dilshod Kenjayev 1977-yil 3-yanvarda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Tarix fanlari nomzodi. 2000-yil O‘zbekiston Milliy universiteti bakalavr, 2002-yilda magistratura yo‘nalishlarini tamomlagan.
Olimxon Rustamov naznachen zamestitelem ministra investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2021
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
2006 yilgacha Toshkent shahridagi 191-maktab tarix fani o‘qituvchisi bo‘lgan.
2006−2012 yillarda Toshkent shahar pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari” kafedrasida katta o‘qituvchi, mudir, ma’naviy ma’rifiy va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor bo‘lib ishlagan.
2015−2017, 2017−2018 yillarda Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
2018 yilda Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, san’at va oshlar siyosati masalalari ATD Yoshlar siyosati va ma’naviy rivojlantirish masalalari sho‘’basi mudiri bo‘lib ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0