https://oz.sputniknews.uz/20210201/Tenderlarda-ishtirok-etishi-tailangan-masulotlar-rykhati-paydo-bldi-15913881.html
Tenderlarda ishtirok etishi ta’qiqlangan mahsulotlar ro‘yxati paydo bo‘ldi
Tenderlarda ishtirok etishi ta’qiqlangan mahsulotlar ro‘yxati paydo bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda davlat xaridlarida ishtirok etishi ta’qiqlangan xorijiy mahsulot va xizmatlar ro‘yxati paydo bo‘ldi. 01.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-01T18:04+0500
2021-02-01T18:04+0500
2021-02-01T18:04+0500
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/346/63/3466306_0:41:1280:761_1920x0_80_0_0_15dc6a24ce65a7d0d1ef5a3ed62b465f.jpg
TOShKENT, 1 fev – Sputnik. O‘zbekiston Hukumati mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, bir qator xorijiy tovarlar va xorijiy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga, davlat xaridlarida ishtirok etishni ta’qiqladi.Ro‘yxatga xususan quyidagi tur mahsulotlar kiritilgan:
Oziq-ovqat mahsulotlari (shokolad, pechenye, vafli, kungaboqar moyi, sut va sut mahsulotlari, go‘sht va baliq)
Farmatsevtika mahsulotlari (dori vositalari va tibbiyot mahsulotlari)
Maishiy texnika (konditsionerlar, sovutgichlar, kir yuvish mashinalari, televizorlar va monitorlar)
Transport vositalari (yengil avtomobillar, traktorlarva yuk avtomobillari)
Batafsil ro‘yxat bilan quyida tanishish mumkin.Ushbu ro‘yxatga xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan jami 529ta tovar va xizmatlar kiritilgan. Davlat tashkilotlari va nizom kapitalida 50%dan ortiq bo‘lgan davlat-xususiy korxonlar ushbu tovar va xizmatlar o‘rniga mahalliy ishlab chiqaruvchi mahsulotini xarid qilishlari kerak bo‘ladi.Mahalliy mahsulot xarid qilganda muassasalarga import qilinayotgan mahsulot narxidan 15% miqdorida preferensiya beriladi.Shuningdek, 2021-yilning 1-aprelidan boshlab davlat xaridlari amalga oshirganda ma’lumotlar Moliya vazirligi va Soliq qo‘mitasining maxsus reyestriga kiritiladi.Undan tashqari 2021-yilning 1-sentabridan boshlab davlat xaridlari yagona portali ishga tushishi rejalashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/346/63/3466306_106:0:1175:802_1920x0_80_0_0_0fef1dd1b2fea7cbb92de8cfbd8248f2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod
Tenderlarda ishtirok etishi ta’qiqlangan mahsulotlar ro‘yxati paydo bo‘ldi
O‘zbekistonda davlat xaridlarida ishtirok etishi ta’qiqlangan xorijiy mahsulot va xizmatlar ro‘yxati paydo bo‘ldi.
TOShKENT, 1 fev – Sputnik. O‘zbekiston Hukumati mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, bir qator xorijiy tovarlar va xorijiy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga, davlat xaridlarida ishtirok etishni ta’qiqladi.
Ro‘yxatga xususan quyidagi tur mahsulotlar kiritilgan:
- Oziq-ovqat mahsulotlari (shokolad, pechenye, vafli, kungaboqar moyi, sut va sut mahsulotlari, go‘sht va baliq)
- Farmatsevtika mahsulotlari (dori vositalari va tibbiyot mahsulotlari)
- Maishiy texnika (konditsionerlar, sovutgichlar, kir yuvish mashinalari, televizorlar va monitorlar)
- Transport vositalari (yengil avtomobillar, traktorlarva yuk avtomobillari)
Batafsil ro‘yxat bilan
quyida tanishish mumkin.
Ushbu ro‘yxatga xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan jami 529ta tovar va xizmatlar kiritilgan. Davlat tashkilotlari va nizom kapitalida 50%dan ortiq bo‘lgan davlat-xususiy korxonlar ushbu tovar va xizmatlar o‘rniga mahalliy ishlab chiqaruvchi mahsulotini xarid qilishlari kerak bo‘ladi.
Mahalliy mahsulot xarid qilganda muassasalarga import qilinayotgan mahsulot narxidan 15% miqdorida preferensiya beriladi.
Shuningdek, 2021-yilning 1-aprelidan boshlab davlat xaridlari amalga oshirganda ma’lumotlar Moliya vazirligi va Soliq qo‘mitasining maxsus reyestriga kiritiladi.
Undan tashqari 2021-yilning 1-sentabridan boshlab davlat xaridlari yagona portali ishga tushishi rejalashtirilgan.