Ekspert o‘zbek-tojik chegarasini demarkatsiya qilishdagi qiyinchiliklar haqida

© Sputnik / Aleksandr NatruskinAndrey Kazansev
Andrey Kazansev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2021
Obuna bo‘lish
Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) Xalqaro tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi, siyosiy fanlar doktori Andrey Kazansev O‘zbekiston va Tojikiston hukumati davlat chegarasini qanday qilib demarkatsiya qilishi xususida o‘z fikrlarini bildirdi.
Yanvar oyi oxirida Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston hukumat delegatsiyalarining ishchi guruhlari o‘rtasida o‘zbek-tojik davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda qo‘shma dala ishlarini o‘tkazish sanalari va joylari to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, davlat chegarasi hududni chegaralash uchun murakkab joyda joylashgan, chunki yondosh hududda ko‘plab anklavlar, sug‘orishda foydalaniladigan kanallar mavjud.
"Chegara ozmi-ko‘pmi aniqlangan, u O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan o‘z vaqtida bir tomonlama aniqlangan. Bundan tashqari, u yerda muhandislik inshootlari barpo qilingan. Agar nazariy jihatdan tojik tomoni, ilgari bir tomonlama bo‘lgan demarkatsiyani tan olsa, demak buni osonlikcha amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Yo‘q bo‘lsa, unda uzoq vaqt muzokaralar olib borish, keyinchalik hatto ba’zi inshootlarni demontaj qilishga to‘g‘ri keladi", - deb izohladi Kazansev.
Siyosatshunos ta’kidlashicha, Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelishi bilan tomonlar barcha masalalar bo‘yicha kelishib olishlari va nizolardan qochib, vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0