https://oz.sputniknews.uz/20210131/15905814.html
Tojikiston tojdor virusning tojini qanday batamom “sindirdi” – video
Tojikiston tojdor virusning tojini qanday batamom “sindirdi” – video
Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston mamlakat COVID-19 ustidan g‘alaba qozonganini rasman e’lon qildi. U yerda koronavirus 272 kun “mehmon bo‘ldi”. 31.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-31T14:08+0500
2021-01-31T14:08+0500
2021-04-01T16:46+0500
video
multimedia
tojikiston
tojikistonda koronavirus
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1f/15905809_0:268:2925:1922_1920x0_80_0_0_7b3b75c2a92091348d62e15ac57f48ff.jpg
Tojikistonda mana ketma-ket bir necha haftaki yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari yo‘q.“2021 yil yanvaridan koronavirus yo‘q bo‘ldi. Tojikistonda bugun COVID-19 yo‘q”, - dedi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon parlamentga murojaatnoma yo‘llay turib.Shu bilan birga Rahmon mamlakat aholisini bu beparvolikka berilishlarini anglatmasligini ta’kidlab, sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilishni davom ettirishga chaqirdi.Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda koronavirus 2020-yil 30-aprel kuni rasman qayd etilgan edi. Koronavirus pandemiyasi mamlakatda 272 kun o‘tib chekindi.Buning siri nimada? Tojikiston koronavirusga qarshi kurashish bir necha choralarni ko‘rdi: chegaralar yopildi, masjid, OTM, maktab va bog‘chalar faoliyati to‘xtatib qo‘yildi, sport va tantanali ommaviy tadbirlar bekor qilindi.Tojikistonda pandemiya davomida jami 13 mingdan ziyod aholi kasallandi, 90 kishi vafot etdi. Taniqli rossiyalik shifokor Aleksandr Masnikov Tojikistonning koronavirus ustidan qozongan g‘alabasi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston kovid ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qilgan birinchi mamlakat emas. G‘alaba haqida gapirgan mamlakatlarda kasallanish yana avj olish holatlari ham kuzatilgan.Masnikov Tojikistonga koronavirusning haqiqiy to‘lqini hali yetib kelmagan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.“Aholining biror bir foizi kasallanmas ekan, COVID-19 hech qayerga ketmaydi. Aholining bir foizi koronavirusni boshdan kechirgani bu hatto avj olish emas”, - dedi mutaxassis Sputnik Tojikiston agentligi bilan suhbatda.Qayd etish joizki, Tojikistonga koronavirusga qarshi kurashishda qator davlatlar, jumladan, O‘zbekiston yordam qo‘lini cho‘zdi. O‘zbekiston qo‘shnisiga bir necha marta insonparvarlik yordami jo‘natdi. Bundan tashqari o‘zbekistonlik mutaxassislar Dushanbe va So‘g‘d viloyatida bo‘lib, koronavirusga qarshi kurashdagi tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Emomali Rahmon ushbu xavfli kasallikka qarshi kurashda ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20200527/COVID-19-bilan-kurashdagi-qalaba-siri-Ozbekiston-Tojikistonga-qanday-yordam-berdi-14222320.html
https://oz.sputniknews.uz/20200521/Yana-bir-guru-zbek-shifokorlari-Tozhikistonga-keldi-14183059.html
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1f/15905809_0:176:2925:2014_1920x0_80_0_0_8554d877b47839517bda17fa526daa3e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, multimedia, tojikiston, tojikistonda koronavirus, covid-19 umumjahon pandemiyasi
video, multimedia, tojikiston, tojikistonda koronavirus, covid-19 umumjahon pandemiyasi
Tojikiston tojdor virusning tojini qanday batamom “sindirdi” – video
14:08 31.01.2021 (yangilandi: 16:46 01.04.2021) Tojikiston mamlakat COVID-19 ustidan g‘alaba qozonganini rasman e’lon qildi. U yerda koronavirus 272 kun “mehmon bo‘ldi”.
Tojikistonda mana ketma-ket bir necha haftaki yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari yo‘q.
“2021 yil yanvaridan koronavirus yo‘q bo‘ldi. Tojikistonda bugun COVID-19 yo‘q”, -
dedi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon parlamentga murojaatnoma yo‘llay turib.
Shu bilan birga Rahmon mamlakat aholisini bu beparvolikka berilishlarini anglatmasligini ta’kidlab, sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilishni davom ettirishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda koronavirus 2020-yil 30-aprel kuni rasman
qayd etilgan edi. Koronavirus pandemiyasi mamlakatda 272 kun o‘tib chekindi.
Buning siri nimada? Tojikiston koronavirusga qarshi kurashish bir necha choralarni ko‘rdi: chegaralar yopildi, masjid, OTM, maktab va bog‘chalar faoliyati to‘xtatib qo‘yildi, sport va tantanali ommaviy tadbirlar bekor qilindi.
Tojikistonda pandemiya davomida jami 13 mingdan ziyod aholi kasallandi, 90 kishi vafot etdi.
Taniqli rossiyalik shifokor Aleksandr Masnikov Tojikistonning koronavirus ustidan qozongan g‘alabasi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston kovid ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qilgan birinchi mamlakat emas. G‘alaba haqida gapirgan mamlakatlarda kasallanish yana avj olish holatlari ham kuzatilgan.
Masnikov Tojikistonga koronavirusning haqiqiy to‘lqini hali yetib kelmagan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.
“Aholining biror bir foizi kasallanmas ekan, COVID-19 hech qayerga ketmaydi. Aholining bir foizi koronavirusni boshdan kechirgani bu hatto avj olish emas”, - dedi mutaxassis Sputnik Tojikiston agentligi bilan
suhbatda.Qayd etish joizki, Tojikistonga koronavirusga qarshi kurashishda qator davlatlar, jumladan, O‘zbekiston yordam qo‘lini cho‘zdi. O‘zbekiston qo‘shnisiga bir necha marta
insonparvarlik yordami jo‘natdi. Bundan tashqari o‘zbekistonlik mutaxassislar Dushanbe va So‘g‘d viloyatida bo‘lib, koronavirusga qarshi kurashdagi tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Emomali Rahmon ushbu xavfli kasallikka qarshi kurashda ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik
bildirgan edi.