O‘zbekiston Markaziy Osiyoni tilla taqinchoqlar bilan ta’minlashga shay — video

Obuna bo‘lish
Toshkentda kelajakda mintaqadagi eng yirik zavodga aylanishi kerak bo‘lgan yangi zargarlik fabrikasi o‘z ishini boshladi.
Hozirda "Fonon" korxonasida 250 nafardan ziyod zargarlar ishlab keladi va ular noyob va o‘ziga xos zargarlik buyumlarini yaratishmoqda. Zavod jami 400 ta ish o‘rniga mo‘ljallangan. Har yili jami 6 tonnagacha - 300 turdagi mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Hozirda ishlab chiqarish jarayonida mahalliy oltindan foydalanilsa-da, ammo qimmatbaho toshlar asosan Hindiston, Turkiya va Xitoydan olib kelinadi.
Zavodning birinchi mahsuloti poytaxtdagi do‘konlarning birida taqdim etilgan. Tez orada Toshkentda ishlab chiqarilgan zargarlik mahsulotlarini Buxoro, Samarqand va Qo‘qonda ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Zavod ishchilarining asosiy qismi yoshlardan iborat. Soha o‘z oldiga ulkan rejalarni qo‘ygan – zargarlik mahsuloti O‘zbekiston brendiga aylanmog‘i va butun dunyoda eng talabgir bo‘lgan mahsulotlardan biriga aylanishi kerak.
Shu bilan birga an’analarga sodiqlik va o‘ziga xoslik saqlanib qolishi lozim.
Sanoat ko‘lamida oltindan haqiqiy san’at asarlari qanday paydo bo‘layotganini Sputnik O‘zbekiston sujetida tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0