https://oz.sputniknews.uz/20210130/Tozhikistondagi-prezident-saylovlari-EKhT-DIIIga-madi-15900973.html
Tojikistondagi prezident saylovlari YeXHT DIIHIga yoqmadi
Tojikistondagi prezident saylovlari YeXHT DIIHIga yoqmadi
Sputnik O‘zbekiston
YeXHT DIIHI Tojikistonda saylovlarni o‘tkazishni yaxshilash va saylov jarayoni shaffofligini oshirish uchun 23ta tavsiyalarni taklif qilmoqda 30.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-30T17:41+0500
2021-01-30T17:41+0500
2021-01-30T18:01+0500
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/0c/15162812_0:0:1487:842_1920x0_80_0_0_a0ac1907ad51e8c517123505c927cc22.jpg
TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha Idorasi (DIIHI) Tojikistonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari jarayonini tanqid qildi.YeXHT DIIHI Tojikistonda saylovlarni o‘tkazishni yaxshilash va saylov jarayoni shaffofligini oshirish uchun 23ta tavsiyalarni taklif qilmoqda.Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha Idorasi Tojikistonda prezident saylovlari vaqtida huquq va erkinliklar cheklanganiga ishora qilmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston nashri."Tojikistonda 2020-yildagi prezident saylovlari tinch, ammo qat’iy nazorat qilingan,, avvalgi huquq va erkinliklar cheklangan bir muhitda o‘tdi", - deyiladi juma kuni e’lon qilingan DIIHI yakuniy hisobotida.Buroning keltirishicha, saylovlar vaqtida "plyuralistik siyosiy debatlarga o‘rin bo‘lmagan va saylovchilarga asl siyosiy alternativalar taqdim qilinmagan".Yakuniy hisobotda, shuningdek, "saylov jarayonini Tojikistonning YeXHT doirasidagi majburiyatlari va demokratik saylovlar standartlariga muvofiqlashtirish uchun muhim sa’y-harakatlar zarur" deya ta’kidlangan.Hujjatda saylovlarni o‘tkazishni takomillashtirish va saylov jarayonining shaffofligini oshirish bo‘yicha 23 ta tavsiyalar berilgan.Asosiy tavsiyalar, jumladan, "amaldagi prezidentga maxsus maqom va saylov imtiyozlarini beradigan qoidalarni qayta ko‘rib chiqish orqali barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipini qo‘llab-quvvatlash", "qonunchilik bazasining keng qamrovli islohotlar orqali asosiy huquq va erkinliklarning haddan tashqari va kamsituvchi cheklovlarini bartaraf etish", "saylovlar jarayonida administratsiyaning yetarli darajada shaffofligi va hisobdorligi orqali mustaqilligini ta’minlash ". Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda prezident saylovlari o‘tgan yilning 11-oktabrida bo‘lib o‘tgan edi. Saylovlarda beshinchi marotaba amaldagi davlat rahbari Emomali Rahmon 90,92% ovoz olib, g‘alaba qozondi.
https://oz.sputniknews.uz/20201030/Dushanbeda-Emomali-Ramon-inauguratsiyasi-boshlandi-15288137.html
https://oz.sputniknews.uz/20201012/Tozhikistonda-prezident-saylovlari-natizhalari-elon-ilindi-15162741.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/0c/15162812_0:0:1487:936_1920x0_80_0_0_614484f866216821b065e7337a5e0757.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda
Tojikistondagi prezident saylovlari YeXHT DIIHIga yoqmadi
17:41 30.01.2021 (yangilandi: 18:01 30.01.2021) YeXHT DIIHI Tojikistonda saylovlarni o‘tkazishni yaxshilash va saylov jarayoni shaffofligini oshirish uchun 23ta tavsiyalarni taklif qilmoqda
TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha Idorasi (DIIHI) Tojikistonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari jarayonini tanqid qildi.
YeXHT DIIHI Tojikistonda saylovlarni o‘tkazishni yaxshilash va saylov jarayoni shaffofligini oshirish uchun 23ta tavsiyalarni taklif qilmoqda.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha Idorasi Tojikistonda prezident saylovlari vaqtida huquq va erkinliklar cheklanganiga ishora qilmoqda, deb xabar qilmoqda
Sputnik Tojikiston nashri.
"Tojikistonda 2020-yildagi prezident saylovlari tinch, ammo qat’iy nazorat qilingan,, avvalgi huquq va erkinliklar cheklangan bir muhitda o‘tdi", - deyiladi juma kuni e’lon qilingan DIIHI yakuniy hisobotida.
Buroning keltirishicha, saylovlar vaqtida "plyuralistik siyosiy debatlarga o‘rin bo‘lmagan va saylovchilarga asl siyosiy alternativalar taqdim qilinmagan".
Yakuniy hisobotda, shuningdek, "saylov jarayonini Tojikistonning YeXHT doirasidagi majburiyatlari va demokratik saylovlar standartlariga muvofiqlashtirish uchun muhim sa’y-harakatlar zarur" deya ta’kidlangan.
Hujjatda saylovlarni o‘tkazishni takomillashtirish va saylov jarayonining shaffofligini oshirish bo‘yicha 23 ta tavsiyalar berilgan.
Asosiy tavsiyalar, jumladan, "amaldagi prezidentga maxsus maqom va saylov imtiyozlarini beradigan qoidalarni qayta ko‘rib chiqish orqali barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipini qo‘llab-quvvatlash", "qonunchilik bazasining keng qamrovli islohotlar orqali asosiy huquq va erkinliklarning haddan tashqari va kamsituvchi cheklovlarini bartaraf etish", "saylovlar jarayonida administratsiyaning yetarli darajada shaffofligi va hisobdorligi orqali mustaqilligini ta’minlash ".
Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda prezident saylovlari o‘tgan yilning 11-oktabrida bo‘lib o‘tgan edi. Saylovlarda beshinchi marotaba amaldagi davlat rahbari Emomali Rahmon 90,92% ovoz olib, g‘alaba qozondi.