https://oz.sputniknews.uz/20210128/Ozbekistonning-Korruptsiyani-qabul-qilish-indeksida-orni-yaxshilandi-15882031.html
O‘zbekistonning Korrupsiyani qabul qilish indeksida o‘rni yaxshilandi
O‘zbekistonning Korrupsiyani qabul qilish indeksida o‘rni yaxshilandi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi reytingda O‘zbekiston 180 ta mamlakat orasida 146-o‘rinni (26 ball) egallagan. Bu o‘tgan yilga qaraganda 7 pog‘onaga yuqori. 28.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-28T11:42+0500
2021-01-28T11:42+0500
2021-04-08T14:21+0500
jamiyat
korrupsiya
reyting
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/620/46/6204654_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_15e4907b6b244b8abf916481abf4c8e6.jpg
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. "Transparency International" korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro nodavlat tashkiloti Korrupsiyani qabul qilish indeksining 2020-yil reytingini e’lon qildi.Yangi reytingda O‘zbekiston 180 ta mamlakat orasida 146-o‘rinni egallagan. Bu ko‘rsatkich 2019-yilga (153-o‘rin) nisbatan 7 pog‘onaga yuqori.Reytingda O‘zbekiston 26 ball to‘plagan, bunda 0 ball – korrupsiyani qabul qilishda eng yuqori ko‘rsatkich, 100 ball – eng past shkala hisoblanadi.Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mintaqasida korrupsiya bo‘yicha yaxshi holat Gruziya (45-o‘rin), Armaniston (60-o‘rin) va Belarus (63-o‘rin) davlatlarida qayd etilgan. Qirg‘iziston 124-pog‘onada, Qozog‘iston esa 94-o‘rinda. Mintaqa bo‘yicha quyi pog‘onalarda O‘zbekiston, Tojikiston (149-o‘rin) va Turkmaniston (165-o‘rin) davlatlari.Reytingda Yangi Zelandiya, Daniya, Finlyandiya, Shveysariya, Singapur va Shvetsiya davlatlari yetakchi. Eng yomon ko‘rsatkichlar Somali, Janubiy Sudan, Suriya va Aman davlatlarida kuzatilgan.Korrupsiyani qabul qilish indeksi davlat sektorida korrupsiya darajasini aks ettirib, uni ishlab chiqishda qator manbalardan, shu jumladan, ekspertlar baholari va ishbilarmon doiralar vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalardan foydalaniladi.
https://oz.sputniknews.uz/20201128/Korruptsiya-barbod-iladi--kim-aybdor-va-nima-ilmo-kerak---Norboeva-bilan-intervyu-15495996.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/620/46/6204654_226:0:1126:675_1920x0_80_0_0_ca06c445a448dba484f8b44920965f2c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, korrupsiya, reyting, o‘zbekiston
jamiyat, korrupsiya, reyting, o‘zbekiston
O‘zbekistonning Korrupsiyani qabul qilish indeksida o‘rni yaxshilandi
11:42 28.01.2021 (yangilandi: 14:21 08.04.2021) Yangi reytingda O‘zbekiston 180 ta mamlakat orasida 146-o‘rinni (26 ball) egallagan. Bu o‘tgan yilga qaraganda 7 pog‘onaga yuqori.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. "Transparency International" korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro nodavlat tashkiloti Korrupsiyani qabul qilish indeksining 2020-yil reytingini
e’lon qildi. Yangi reytingda O‘zbekiston 180 ta mamlakat orasida 146-o‘rinni egallagan. Bu ko‘rsatkich
2019 yilga (153-o‘rin) nisbatan 7 pog‘onaga yuqori.
Reytingda O‘zbekiston 26 ball to‘plagan, bunda 0 ball – korrupsiyani qabul qilishda eng yuqori ko‘rsatkich, 100 ball – eng past shkala hisoblanadi.
Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mintaqasida korrupsiya bo‘yicha yaxshi holat Gruziya (45-o‘rin), Armaniston (60-o‘rin) va Belarus (63-o‘rin) davlatlarida qayd etilgan. Qirg‘iziston 124-pog‘onada, Qozog‘iston esa 94-o‘rinda. Mintaqa bo‘yicha quyi pog‘onalarda O‘zbekiston, Tojikiston (149-o‘rin) va Turkmaniston (165-o‘rin) davlatlari.
Reytingda Yangi Zelandiya, Daniya, Finlyandiya, Shveysariya, Singapur va Shvetsiya davlatlari yetakchi. Eng yomon ko‘rsatkichlar Somali, Janubiy Sudan, Suriya va Aman davlatlarida kuzatilgan.
Korrupsiyani qabul qilish indeksi davlat sektorida korrupsiya darajasini aks ettirib, uni ishlab chiqishda qator manbalardan, shu jumladan, ekspertlar baholari va ishbilarmon doiralar vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalardan foydalaniladi.