https://oz.sputniknews.uz/20210127/ator-OTM-tokhonalari-COVID-19-anilangani-sabab-pilgani-aidagi-khabar-rad-etildi-15873496.html
Qator OTM yotoqxonalari COVID-19 aniqlangani sabab yopilgani haqidagi xabar rad etildi
Qator OTM yotoqxonalari COVID-19 aniqlangani sabab yopilgani haqidagi xabar rad etildi
Sputnik O‘zbekiston
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zMU, TDShU, FarPI, TATU Samarqand filiali talabalarida koronavirus aniqlanganini rad etdi. 27.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-27T10:30+0500
2021-01-27T10:30+0500
2021-01-27T10:30+0500
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/565/59/5655904_0:0:1001:563_1920x0_80_0_0_29f9973a2dd00c3be891117c2f728c43.jpg
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zMU, TDShU, FarPI, TATU Samarqand filiali talabalarida koronavirus aniqlangani hamda fakultet va yotoqxona qavatlari dezinfeksiya uchun yopilgani to‘g‘risida xabarlar asossiz ekanini ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, ushbu oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida ayni kunlarda koronavirus aniqlanmagan va birorta ham talabalar turar joyi binosi yopilmagan.Vazirlik asossiz va yolg‘on axborotni tarqatganlik uchun O‘zbekiston qonunchiligida ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanganini eslatgan.“Qolaversa, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari bu kabi (kasallik aniqlanishi) holatlar jiddiy tus olib, keng tarqala boshlasa, ularni yashirishdan manfaatdor emas”, - deyilgan xabarda.Avvalroq Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti (TDPU) talabasida koronavirus infeksiyasi aniqlangani xabar qilingan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210104/Barcha-OTMlar-11-yanvardan-ananaviy-talimga-aytadi-15726516.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/565/59/5655904_95:0:846:563_1920x0_80_0_0_73c841ca6e17afac7e22367ba1b4cc96.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat
Qator OTM yotoqxonalari COVID-19 aniqlangani sabab yopilgani haqidagi xabar rad etildi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zMU, TDShU, FarPI, TATU Samarqand filiali talabalarida koronavirus aniqlanganini rad etdi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zMU, TDShU, FarPI, TATU Samarqand filiali talabalarida koronavirus aniqlangani hamda fakultet va yotoqxona qavatlari dezinfeksiya uchun yopilgani to‘g‘risida xabarlar asossiz ekanini
ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, ushbu oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida ayni kunlarda koronavirus aniqlanmagan va birorta ham talabalar turar joyi binosi yopilmagan.
Vazirlik asossiz va yolg‘on axborotni tarqatganlik uchun O‘zbekiston qonunchiligida ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanganini eslatgan.
“Qolaversa, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari bu kabi (kasallik aniqlanishi) holatlar jiddiy tus olib, keng tarqala boshlasa, ularni yashirishdan manfaatdor emas”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti (TDPU) talabasida koronavirus infeksiyasi aniqlangani xabar qilingan edi.