YPX piyoda xizmat olib borishdan bosqichma-bosqich voz kechadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina DPS
Mashina DPS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YPX xodimlarining faqat qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash qurilmalari bilan jihozlangan patrul avtomobillarida xizmat olib borishini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 2021-yilda davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati sohasida amalga oshirilishi ko‘zlangan rejalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Sotrudniki DPS - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda YPX xodimlari yangi formada xizmat olib bormoqda
Ma’lum qilinishicha, bugungi kun talablarini, ob-havo sharoitini inobatga olgan holda xizmat olib borish uchun qulay, zamonaviy va ixcham bo‘lgan, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining farqlovchi belgilari taqilgan yangi xizmat kiyim-bosh namunalari sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda respublikadagi barcha YPX xodimlarini yangi namunadagi kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.
Bundan tashqari, YPX xodimlarining piyoda xizmat olib borish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechiladi.
Bunda YPX xodimlarining faqat qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash qurilmalari bilan jihozlangan patrul avtomobillarida xizmat olib borishini yo‘lga qo‘yiladi.
Yangiliklar lentasi
0