Turkiyada 12 terrorchi, jumladan, to‘rt o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

© REUTERS / Yagiz KarahanTureskie politseyskie
Tureskie politseyskie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turk-suriya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan 12 nafar jangari qo‘lga olindi. Ulardan 4 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Turkiyaning Suriya bilan chegarasida 12 nafar IShID* terrorchilari qo‘lga olindi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Ularning besh nafari Rossiya, to‘rt nafari O‘zbekiston va uch nafari Qirg‘iziston fuqarolaridir. Ular ID* a’zolari ekanligi aniqlangan”, - deyilgan xabarda.
Jangarilar o‘tgan yilgan 31-dekabr kuni Xatay viloyati Reyhanli shahri hududidagi o‘tkazish punktida qo‘lga olingan. Ular turk-suriya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinishgan.
Qo‘lga olinganlarning biri Interpolning qizil ro‘yxatida bo‘lgan.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0