"Taxtaqoracha" dovonida FVV o‘quv-mashqi o‘tkazildi

© MChSUcheniya MChS na perevale Taxtakoracha
Ucheniya MChS na perevale Taxtakoracha - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Taxtaqoracha" dovonida murakkab ob-havo sharoitida Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus-taktik o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 26 yanv - Sputnik. Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan "Taxtaqoracha" dovonida Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tdi
"FVDT hududiy va funksional quyi bo‘g‘inlari xizmatlarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.
O‘quv mashqi 4 bosqichda o‘tkazildi:
  1. Dovonda qor ko‘chkisi sodir bo‘lganda, tegishli xizmatlarning kuch-vositalari favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun yig‘ildi va ularning shayligi saf ko‘rigi orqali ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, qor ko‘chkisi sodir bo‘lish xavfi mavjud bo‘lgan hududlardan aholi va moddiy boyliklarini xavfsiz joylarga ko‘chirish ishlari amalda ko‘rib chiqildi.
© MChSUcheniya MChS na perevale Taxtakoracha
Ucheniya MChS na perevale Taxtakoracha - Sputnik O‘zbekiston
  • Qor ko‘chkisi oqibatida transport vositalari bilan bog‘liq shartli ravishda sodir etilgan avto-avariyalar oqibatlari bartaraf etildi va qor ko‘chkisi ostida qolgan fuqarolarni qidirish hamda qutqaruv ishlarini amalga oshirish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari olib borildi.
  • © MChSUcheniya MChS na perevale Taxtakoracha
    Ucheniya MChS na perevale Taxtakoracha - Sputnik O‘zbekiston
  • Dovonda ikki tomonlama yo‘l harakatini tiklash, fuqarolarning hayotiy tizimini maromiga keltirish, avtomobil yo‘lini qordan tozalash, yo‘l qatnov qismining sirpanchiq va tik qiyali hududlarida qum va qum-tuz aralashmasini sepish, yo‘l belgilarini ta’mirlash ishlari olib borildi.
  • Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
  • Ma’lumot uchun o‘tgan dam olish kunlari arafasida Taxtaqoracha dovonida qalin qor (20-30 sm) yoqqan edi. Shu sababli  yuqorida qayd etilgan o‘quv mashg‘ulotlari asliga yaqin murakkab sharoitlarda bo‘lib o‘tdi.
    © MChSUcheniya MChS na perevale Taxtakoracha
    Ucheniya MChS na perevale Taxtakoracha - Sputnik O‘zbekiston
    Yangiliklar lentasi
    0