https://oz.sputniknews.uz/20210126/Angrenda-obodonlashtirishga-azhratilgan-6383-mln-sm-talon-tarozh-ilindi-15870588.html
Angrenda obodonlashtirishga ajratilgan 638,3 mln so‘m talon-taroj qilindi
Angrenda obodonlashtirishga ajratilgan 638,3 mln so‘m talon-taroj qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Sobiq rahbar va uning sheriklari 2019-yilda shaharda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarida smetada nazarda tutilgan ishlarni to‘liq bajarmay, 638,3 mln so‘mni... 26.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-26T18:05+0500
2021-01-26T18:05+0500
2021-04-08T14:21+0500
hodisalar
angren shahri
talon-tarojlik
jinoyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177495_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_ef2bf5cf984b8a0cce6fbe7eea50039c.jpg
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Toshkent viloyati Angren shahar obodonlashtirish boshqarmasi sobiq rahbarining talon-torojliklari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik nashriga ma’lum qildi.Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan. Unda Angren shahar obodonlashtirish boshqarmasi sobiq rahbari A.I., “A.S.” MChJ rahbari X.I., “J.T.” MChJ rahbari J.A. va boshqalar obodonlashtirish uchun budjetdan ajratilgan 638,3 mln so‘mni talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Ular 2019-yilda shaharda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarida smetada nazarda tutilgan ishlarni to‘liq bajarmagan.O‘tgan yili O‘zbekistonda mansabdorlar eng ko‘p qaysi jinoyatga qo‘l urdiMazkur holat yuzasidan A.I. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210124/lik-zhonlar-ortidan-9835-mln-smni-margan-bocha-mudirasining-kirdikorlari-fosh-bldi-15852707.html
angren shahri
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177495_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_1aef536f3b44074b28500a2ec07a1301.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , angren shahri, talon-tarojlik, jinoyat, o‘zbekiston
hodisalar , angren shahri, talon-tarojlik, jinoyat, o‘zbekiston
Angrenda obodonlashtirishga ajratilgan 638,3 mln so‘m talon-taroj qilindi
18:05 26.01.2021 (yangilandi: 14:21 08.04.2021) Sobiq rahbar va uning sheriklari 2019-yilda shaharda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarida smetada nazarda tutilgan ishlarni to‘liq bajarmay, 638,3 mln so‘mni “yeb ketgan”.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Toshkent viloyati Angren shahar obodonlashtirish boshqarmasi sobiq rahbarining talon-torojliklari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik nashriga ma’lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan. Unda Angren shahar obodonlashtirish boshqarmasi sobiq rahbari A.I., “A.S.” MChJ rahbari X.I., “J.T.” MChJ rahbari J.A. va boshqalar obodonlashtirish uchun budjetdan ajratilgan 638,3 mln so‘mni talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Ular 2019-yilda shaharda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarida smetada nazarda tutilgan ishlarni to‘liq bajarmagan.
Mazkur holat yuzasidan A.I. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.