O‘zbekistonga iliq ob-havo qaytmoqda

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishSneg na trave. Arxivnoe foto
Sneg na trave. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hafta davomida respublika hududlariga Erondan iliq havo massalari kirib keladi. Hafta oxiriga kelib kunduz kunlari 12-15 daraja iliq bo‘ladi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zgidromet hafta oxiriga kelib ob-havo iliqlashini ma’lum qildi.
25-26 yanvar kunlari respublikaning barcha hududlarida kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo harorati 3-8 daraja iliqgacha ko‘tariladi, kechalari esa 3-6 daraja sovuq atrofida, ba’zi joylarda 8 daraja sovuq bo‘lishi mumkin.
Keyingi kunlarda respublika hududlariga Erondan iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi.
Barcha hududlarda asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat asta-sekin ko‘tariladi va haftaning oxiriga kelib kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 12-15 daraja iliq bo‘ladi. Bu iqlim meyorlaridan 4-6 darajaga yuqoridir.
25-27 yanvarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Yangiliklar lentasi
0