Prezident saylovini oktabrda o‘tkazish uchun Konstitutsiyani o‘zgartirish kerak

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishPasport i blank v rukax izbiratelya vo vremya viborov prezidenta Uzbekistana
Pasport i blank v rukax izbiratelya vo vremya viborov prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis deputatlari dekabrda bo‘lib o‘tishi belgilangan prezident saylovini oktabrda o‘tkazish masalasini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 25 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida joriy yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan prezident saylovlari sanasini o‘zgartirish masalasi muhokama qilindi. Bu haqida "Yuksalish" partiyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.  
"O‘zbekistonda Prezident saylovlari oktabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi mumkin. Ushbu masala Quyi palatadagi siyosiy partiyalar fraksiyalari yig‘ilishida muhokama qilindi", - deyilgan xabarda.
Saylov sanasini o‘zgartirish borasida hech qanday xulosaga kelinmagan va Oliy Majlisning navbatdagi sessiyasida muhokama qilish uchun qoldirilgan. 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga muvofiq "Prezident saylovi <...> konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi".
Yangiliklar lentasi
0