https://oz.sputniknews.uz/20210125/Ozbekiston-ilk-bor-EOII-hukumatlararo-kengashi-yiilishda-ishtirok-etadi-15861841.html
O‘zbekiston ilk bor YeOII hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi
O‘zbekiston ilk bor YeOII hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Kuba ilk bor Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumatlararo kengashining majlisida ishtirok etadi. 25.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-25T18:29+0500
2021-01-25T18:29+0500
2021-04-02T20:42+0500
o‘zbekiston va yeoii
siyosat
o‘zbekiston
yeoii
qozog‘iston
belarus
qirg‘iziston
armaniston
moldova
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/99/70/997033_0:120:2200:1358_1920x0_80_0_0_b5a50da480f79b88ac20fefdfe4e4f61.jpg
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2021-yil 5-fevralda Olmaotada bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston mamlakat tashqi ishlar vazirligiga asosan.Yig‘ilishda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya hukumat rahbarlari va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi ishtirok etadi.Yig‘ilishlar tor va kengaytirilgan tarkibda bo‘lib o‘tadi. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, ichki bozor faoliyatidagi to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida integratsion salohiyatni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.Eslatib o‘tamiz, bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Dastlab yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomadan kelib chiqib, 2021-yilda YeOII bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganishni tashkil etish, O‘zbekistonning YeOIIga kuzatuvchi maqomida ushbu miintaqaviy tuzilmaning keng imkoniyatlaridan har tomonlama foydalanish yo‘llarini qidirish Qonunchilik palatasida tuzilgan mazkur ishchi guruhning asosiy vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlandi.Yig‘ilish ishtirokchilari O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomini olganligi hamda ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlar bozorlarida to‘laqonli ishtirok etishi uchun hamkorlikning huquqiy tartibga solish mexanizmlarini chuqur o‘rganish, milliy texnik tartibga solish meyorlarini YeOII talablariga moslashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligini ta’kidlashdi. YeOII bilan O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik ishlarini samarali tashkil etish maqsadida 2021-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” loyihasi atroflicha muhokama qilinib, tasdiqlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20210125/EOII-zbekiston-amkorlik-Yl-kharitasi-tasdilandi-15859239.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
belarus
qirg‘iziston
armaniston
moldova
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/99/70/997033_115:0:2086:1478_1920x0_80_0_0_ca42ce3dac07e7a96ad25a9d35198351.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, yeoii, qozog‘iston, belarus, qirg‘iziston, armaniston, moldova, toshkent, olmaota, kuba
siyosat, o‘zbekiston, yeoii, qozog‘iston, belarus, qirg‘iziston, armaniston, moldova, toshkent, olmaota, kuba
O‘zbekiston ilk bor YeOII hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi
18:29 25.01.2021 (yangilandi: 20:42 02.04.2021) O‘zbekiston va Kuba ilk bor Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumatlararo kengashining majlisida ishtirok etadi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2021-yil 5-fevralda Olmaotada bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi
Sputnik Qozog‘iston mamlakat tashqi ishlar vazirligiga asosan.
Yig‘ilishda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya hukumat rahbarlari va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi ishtirok etadi.
Bundan tashqari, tadbirda YeOIIda kuzatuvchi-davlatlar - Moldova, O‘zbekiston va Kuba ishtirok etishi kutilmoqda.
Yig‘ilishlar tor va kengaytirilgan tarkibda bo‘lib o‘tadi. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, ichki bozor faoliyatidagi to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida integratsion salohiyatni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhining
yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomadan kelib chiqib, 2021-yilda YeOII bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganishni tashkil etish, O‘zbekistonning YeOIIga kuzatuvchi maqomida ushbu miintaqaviy tuzilmaning keng imkoniyatlaridan har tomonlama foydalanish yo‘llarini qidirish Qonunchilik palatasida tuzilgan mazkur ishchi guruhning asosiy vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish ishtirokchilari O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomini olganligi hamda ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlar bozorlarida to‘laqonli ishtirok etishi uchun hamkorlikning huquqiy tartibga solish mexanizmlarini chuqur o‘rganish, milliy texnik tartibga solish meyorlarini YeOII talablariga moslashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligini ta’kidlashdi. YeOII bilan O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik ishlarini samarali tashkil etish maqsadida 2021-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” loyihasi atroflicha muhokama qilinib, tasdiqlandi.