https://oz.sputniknews.uz/20210125/Menat-migrantlarini-olib-kelish-byicha-arizalar-onlayn-abul-ilinadi-15860445.html
Mehnat migrantlarini olib kelish bo‘yicha arizalar onlayn qabul qilinadi
Mehnat migrantlarini olib kelish bo‘yicha arizalar onlayn qabul qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya qurilish kompaniyalari Turkiya, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistondan migrantlarni olib kelish uchun arizalarni onlayn shaklda yuboradi. 25.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-25T17:00+0500
2021-01-25T17:00+0500
2021-01-25T17:10+0500
migratsiya
rossiya
o‘zbekiston
migrantlar
chegaralar ochilishi
vladimir putin
qurilish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/17/15662181_0:0:3114:1753_1920x0_80_0_0_20282f35fed46d2deebffd42f79fd332.jpg
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Rossiya qurilish kompaniyalari Turkiya, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistondan migrantlarni olib kelish uchun arizalarni onlayn shaklda yuboradi, dedi Rossiya Qurilish va uy-joy kommunal xizmatlar vazirining o‘rinbosari Nikita Stasishin.“Algoritm bo‘yicha qurilish kompaniyalarining so‘rovnomalari qisqa vaqt ichida ko‘rib chiqiladi va barcha idoralararo muvofiqlashtirish elektron shaklda amalga oshiriladi. Kompaniyalar elektron platformaga ariza yuborishi kerak”, - dedi qurilish vazirligi vakili.Vladimir Putin mehnat migrantlarini qurilish maydonlariga jalb qilish tartibini 1-martga qadar soddalashtirish bo‘yicha hukumatga topshiriq bergandi.Juma kuni Qurilish vazirligi rahbari Irek Fayzullin migrantlarning qurilish maydonchalarida ishlashi uchun Rossiyaga olib kelish mexanizmi yo‘lga qo‘yilishi e’lon qilgandi.Rossiya qurilish kompaniyalari yoki hududlar endi ma’lum bir obyekt uchun migrantlarni olib kelish to‘g‘risida qurilish vazirligiga murojaat qilishlari mumkin. Kelishuv taxminan uch hafta davom etadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210125/Rossiyaga-kirish-uchun-zapret-yilishining-asosiy-sabablari-IIV-15857976.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/17/15662181_78:0:2809:2048_1920x0_80_0_0_88e06beb23617721c55ecc79929bb4af.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, rossiya, o‘zbekiston, migrantlar, chegaralar ochilishi, vladimir putin, qurilish
migratsiya, rossiya, o‘zbekiston, migrantlar, chegaralar ochilishi, vladimir putin, qurilish
Mehnat migrantlarini olib kelish bo‘yicha arizalar onlayn qabul qilinadi
17:00 25.01.2021 (yangilandi: 17:10 25.01.2021) Rossiya qurilish kompaniyalari Turkiya, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistondan migrantlarni olib kelish uchun arizalarni onlayn shaklda yuboradi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Rossiya qurilish kompaniyalari Turkiya, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistondan migrantlarni olib kelish uchun arizalarni onlayn shaklda yuboradi, dedi Rossiya Qurilish va uy-joy kommunal xizmatlar vazirining o‘rinbosari Nikita Stasishin.
“Algoritm bo‘yicha qurilish kompaniyalarining so‘rovnomalari qisqa vaqt ichida ko‘rib chiqiladi va barcha idoralararo muvofiqlashtirish elektron shaklda amalga oshiriladi. Kompaniyalar elektron platformaga ariza yuborishi kerak”, - dedi qurilish vazirligi vakili.
Vladimir Putin mehnat migrantlarini qurilish maydonlariga jalb qilish tartibini 1-martga qadar soddalashtirish bo‘yicha hukumatga topshiriq bergandi.
Juma kuni Qurilish vazirligi rahbari Irek Fayzullin migrantlarning qurilish maydonchalarida ishlashi uchun Rossiyaga olib kelish mexanizmi yo‘lga qo‘yilishi e’lon qilgandi.
Rossiya qurilish kompaniyalari yoki hududlar endi ma’lum bir obyekt uchun migrantlarni olib kelish to‘g‘risida qurilish vazirligiga murojaat qilishlari mumkin. Kelishuv taxminan uch hafta davom etadi.