Bild: Germaniyada ilk bor kovidga qarshi emlanishdan bosh tortgan xodimlar ishdan haydaldi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishOtkritie punkta vaksinatsii ot COVID-19 na territorii fudmolla "Depo.Moskva"
Otkritie punkta vaksinatsii ot COVID-19 na territorii fudmolla Depo.Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nemis firmalaridan birining rahbari koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortganlik uchun yetti nafar xodimini ishdan bo‘shatdi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Nogironlar va qariyalarni parvarishlash bilan shug‘ullanuvchi nemis firmalaridan birining rahbari koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortganlik uchun yetti nafar xodimini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda “Bild” gazetasi xabar qilmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyada emlanish ixtiyoriy bo‘lishiga qaramasdan, bu koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanishdan bosh tortganlik uchun xodimlarning ishdan bo‘shatilishining birinchi holatidir. Xodimlarini ishdan bo‘shatgandan keyin firma boshlig‘i Rene Vilmerga emlanishga qarshi chiqayotganlar tarafidan tahdidlar qilina boshlangan. Ular hatto o‘ldirish bilan tahdid qilishgan.
Vaksinatsiya ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada 60 yoshdan oshganlarni COVID-19ga qarshi emlash boshlanmoqda
Vilmer vaksina olib kelishi bilanoq xodimlaridan emlanishni talab qilgan. Germaniyada nogironlar va qariyalarni parvarishlash xizmati xodimlari vaksinani birinchi navbatda oluvchilar guruhiga kiradi.  Uch kishi emlanishdan bosh tortgan, yana to‘rt kishi bir to‘xtamga kelolmagan. Firma rahbari ularga qaror qabul qilish uchun ikki kun muhlat bergan. Ammo xodimlar emlanmagan va bularning ishdan haydalishiga sabab bo‘lgan.
“Men mijozlarimizni himoyalash uchun barcha ishni qilaman. Bu burchimdir”, - deya o‘z qarorini asoslangan Vilmer.
Germaniyada 2 milliondan ortiq kishi koronavirus bilan kasallangan. 47 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Mamlakatda COVID-19 ga qarshi emlanish 27-dekabr kuni boshlandi. 1,3 million aholi allaqachon emlangan.
Yangiliklar lentasi
0