O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati 2025-yilgacha qanday rivojlantiriladi

© Ministerstvo yustitsii UzbekistanaMolodoj Uzbekistana
Molodoj Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tasdiqlangan konsepsiyaning maqsad va vazifalari quyidagi 4 bosqichda amalga oshiriladi. “Bolalar Ombudsmani to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish nazarda tutilgan.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi hamda uni 2021-2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, Konsepsiyaning maqsad va vazifalari quyidagi 4 bosqichda amalga oshiriladi:
  • yoshlar sohasida mavjud muammolarni aniqlash;
  • muammolarni hal etishga qaratilgan aniq yechimlarni ishlab chiqish;
  • aniqlangan muammolarni hal etish choralarini ko‘rish va ishlab chiqilgan takliflarni amalga oshirish;
  • muammolarning hal etilishi va takliflarning amalga oshirilishi samaradorligini monitoring qilish.
Qaror bilan tasdiqlangan “yo‘l xaritasi”ga muvofiq, “Bolalar Ombudsmani to‘g‘risida”gi qonunini qabul qilish nazarda tutilgan.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Fikrlaringizni qo‘rqmasdan menga ayting - prezident Qarshida yoshlar bilan uchrashdi
Konsepsiyani amalga oshirish natijasida, jumladan:
- maktablarda 7-sinf o‘quvchilarining kasblar kesimida qiziqishini aniqlash, 8-9-sinf o‘quvchilarini zamonaviy va istiqbolli kasblar bilan tanishtirib borish, 10-sinfdan o‘quvchilarni davlat va nodavlat o‘quv markazlari yordamida kasbga o‘rgatish va ularning xarajatlarini “vaucher” tizimi orqali qoplab berish mexanizmi yaratiladi;
- madaniyat va san’at bilan muntazam shug‘ullanadigan yoshlar soni 30 foizga oshirilib, ularning xalqaro tanlov va festivallardagi ishtiroki 40 foizga yetkaziladi;
- yoshlarning 30 foizi ommaviy sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishiga erishiladi;
- respublikada 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 80 foizi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinadi;
- barcha hududlarda IT-parklar barpo etiladi, tuman(shahar)larda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etiladi, “Bir million o‘zbek dasturchi” loyihasi asosida 200 mingga yaqin yoshlar o‘qitiladi;
- volontorlik faoliyatining institutsional tuzilmalari yaratiladi;
Konsepsiya, erishilgan natijalardan kelib chiqqan holda, 2023-yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan tegishli “yo‘l xaritalari” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0