Sanders qo‘lqoplari: Jo Bayden inauguratsiyasidan memlarga aylangan suratlar
Sanders qo‘lqoplari: Jo Bayden inauguratsiyasidan memlarga aylangan suratlar
Sputnik O‘zbekiston
Yumorni tushunadigan odamlar Bayden inauguratsiyasi uzoq vaqt ko‘pchilikning yodida qolishiga harakat qildilar. Fotolentani tomosha qiling! 23.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
Shu haftada, aniqrog‘i, 20-yanvar kuni Vashingtonda AQShning 46-prezidentining lavozimga kirishish marosimi bo‘lib o‘tdi.Ushbu tadbir, jurnalistlar tomonidan suratga olingan kulgili suratlar bilan ham yodda qoldi, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari esa darhol bu suratlardan memlarni tayyorladilar.
Yumorni tushunadigan odamlar Bayden inauguratsiyasi uzoq vaqt ko‘pchilikning yodida qolishiga harakat qildilar. Fotolentani tomosha qiling!
Shu haftada, aniqrog‘i, 20-yanvar kuni Vashingtonda AQShning 46-prezidentining lavozimga kirishish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir, jurnalistlar tomonidan suratga olingan kulgili suratlar bilan ham yodda qoldi, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari esa darhol bu suratlardan memlarni tayyorladilar.
Senator Berni Sandersning Jo Bayden inauguratsiyasidagi surati ko‘pchilikka zavq bag‘ishladi va hozirda Sanders surati tushirilgan bokal va futbolkalar savdoga chiqarilgan. Xususan, qizlardan biri Sanders qo‘lqoplarini qayta ishlangan chiqindidan ishlab chiqarmoqda.
AQSh prezidenti Jo Bayden, birinchi xonim Jill Bayden, vitse-prezident Kamala Xarris va uning turmush o‘rtog‘i Dug Emxoff Vashingtonda bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimidan so‘ng.