Rossiyaga 2020-yilda qancha migrant kirib borganligi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishVivoznoy reys iz Novosibirska v Tashkent
Vivoznoy reys iz Novosibirska v Tashkent  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yil Rossiya Federatsiyasi hududiga 2019-yilga nisbatan 70% ga kamroq chet el fuqarolari kirib borganlar
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Rossiyaga 2020-yilda kirib kelgan chet elliklar soni koronavirus pandemiyasi tufayli keskin qisqardi, deb xabar bermoqda RIA Novosti IIVga tayangan holda.
Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qator mamlakatlar bilan aviareyslarni to‘xtatib qo‘yish muddatini uzaytirdi
Jumladan, Rossiyaga o‘tgan yilning yanvar oyidan noyabr oyigacha 5,2 million xorijliklar kirib borganlar, bu esa 2019-yilning mos davriga nisbatan 70,2%ga kamdir.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, RFga eng ko‘p MDH davlatlaridan chet elliklar kirib borganlar - bu umumiy miqdorning 80%ni tashkil etadi. Fuqarolarning yana 7,3% foizi - Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan kelgan fuqarolardir.
"Ta’kidlanishicha, mehnat migrantlari ulushi 24%ni tashkil etgan. Boshqa mamlakatlar fuqarolariga migratsiya oqimining 12,4%i to‘g‘ri kelmoqda", - deyiladi idora xabarida.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, xorij fuqarolarining deyarli yarmi - 44 %i - Rossiyaga shaxsiy maqsadlarda, 24%i esa mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kirib kelishgan.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi fonida 27-martdan Rossiya xalqaro avia-parvozlarni to‘xtatgan edi.
Faqat tashish, sanitariya, pochta va ba’zi boshqa reystlar uchun istisno joriy etildi. 2020-yilning avgust oyidan parvozlar sekin-asta qayta tiklana boshladi.
Yangiliklar lentasi
0