Buxoroda toʻliq taʼmirlangan Olimpiya zaxiralari kolleji ochildi

© Ministerstvo sporta UzbekistanaKolledj olimpiyskogo rezerva v Buxare
Kolledj olimpiyskogo rezerva v Buxare - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kollejning badiiy gimnastika zalida gimnastika gilami taʼmirtalab ahvolda ekanligini koʻrib, bu yerga vazirlik nomidan yangi gimnastika gilami sovgʻa qilindi. Sportchilar yangi gilam ustida oʻz mashgʻulotlarini davom ettirishdi.
TOSHKENT, 21 yanv - Sputnik. Bugun koʻhna va navqiron Buxoro shahrida investitsiya dasturi asosida toʻliq taʼmirdan chiqarilgan Olimpiya zaxiralari kollejining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot-xizmati.
© Ministerstvo sporta UzbekistanaUchaщiye kolledja olimpiyskogo rezerva
Uchaщiye kolledja olimpiyskogo rezerva - Sputnik Oʻzbekiston
 
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev ishtirok etdi.
Marosimda Buxoro viloyatining chempion oʻquvchilari, faxriy sportchilar, kollej jamoasi, Buxoro viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar ushbu maskan endilikda yoshlarning oʻz iqtidor va imkoniyatlarini toʻliq namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar taqdim etishini alohida taʼkidladilar.
Kollejning badiiy gimnastika zalida gimnastika gilami taʼmirtalab ahvolda ekanligini koʻrib, bu yerga vazirlik nomidan yangi gimnastika gilami sovgʻa qilindi. Sportchilar yangi gilam ustida oʻz mashgʻulotlarini davom ettirishdi.
Yangiliklar lentasi
0