Dunyoda

Bagʻdodda qonli terakt: qurbonlar soni 28 nafarga yetdi

© AP Photo / Hadi MizbanDvoynoy terakt v Bagdade: pogibli boleye 20 chelovek
Dvoynoy terakt v Bagdade: pogibli boleye 20 chelovek - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
At-Tayaran maydoni hududida joylashgan bozorda ketma-ket portlash yuz bergan. Ikki xudkush terrorchi oʻzlarini portlatib yuborgan.
TOSHKENT, 21 yanv — Sputnik. Iroq poytaxti Bagʻdodda uyushtirilgan terakt natijasida halok boʻlganlar soni 28 nafarga yetdi.
“Al Arabiya” telekanalining xabar qilishicha, kamida 73 kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan.
Obstrel aeroporta v Yemene: chislo jertv vыroslo do 13 - Sputnik Oʻzbekiston
Yaman aeroportidagi terakt: 25 kishi qurbon boʻlgan, 110 kishi jarohatlangan
Telekanal maʼlumotlariga koʻra, At-Tayaran maydoni hududida joylashgan bozorda ketma-ket ikkita portlash yuz bergan. Iroq armiyasi vakilining soʻlariga qaraganda, “terrorchilik hujumi ikki nafar xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan, ular oʻzlarini xavfsizlik xizmat xodimlari taqib qilayotgan paytda portlatib yuborgan”.
Voqea joyiga tez yordam va boshqa masʼul xodimlar kelmoqda.
Iroq kuchishlatar xodimlari xavfsizlik nuqtai nazaridan koʻplab xorijiy davlat elchixonalari va davlat muassasalarining markaziy ofislari joylashgan “yashil hududga” olib boruvchi yoʻllarni yopishgan.
Yangiliklar lentasi
0