Jahongir Otajonov prezidentlikka nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi

Obuna bo‘lish
Sobiq qo‘shiqchi Jahongir Otajonov “O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng gullab-yashnagan mamlakatga aylantirish” uchun bu yilgi prezident saylovlarida ishtirok etish niyati borligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. San’at olamini butunlay tark etgan sobiq qo‘shiqchi Jahongir Otajonov navbatdagi O‘zbekiston prezidenti saylovlarida o‘z nomzodini ilgari surmoqchi ekanini ma’lum qildi. Bu haqda uning Instagram sahifasida joylangan videomurojaatida so‘z borgan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Jahongır_Rızo (@jahongir_atajanovs)

Otajonovning so‘zlariga qaraganda, internetda O‘zbekistonda 2021-yil mart oyidan prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlari boshlanishini o‘qib qolgan. 
“Albatta, avval ham ba’zi videolarimda hazilga olib olib aytib qo‘yardim, lekin o‘zidan o‘zi hazil qilib qo‘yilmaydi. Ochiqdan ochiq aytaman, prezident bo‘lish niyatim bor”, — deya fikrlari bilan o‘rtoqlashgan sobiq san’atkor.
“Men ham prezident bo‘laman va O‘zbekistonning gullab-yashnashiga erishaman. Albatta, bu gapim bilan hozirgi davlat rahbariyatiga hech qanday e’tiroz qilayotganim yo‘q, qilishga haqqim ham yo‘q. Zotan ular ham qo‘llaridan kelgan ishni qilishapti. Bir narsaga erishish, albata, oson bo‘lmaydi”, — deydi u
Otajonov hozirda xorijdaligini, yaqinda O‘zbekistonga qaytib, saylovda qatnashish uchun nima qilish kerak bo‘lsa, bajarishini bildirgan. Uning so‘zlariga qaraganda, kerak bo‘lsa yangi partiya tuzadi.
“Mabodo bu safar ulgurmasam, keyin safar albatta bo‘laman”, - deya ta’kidlagan sobiq qo‘shiqchi.
Yangiliklar lentasi
0