Yangi-Angren IES nega portladi - Energetika vazirligi izohi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishTrubi TES na fone mejdunarodnogo delovogo sentra "Moskva-Siti" v Moskve
Trubi TES na fone mejdunarodnogo delovogo sentra Moskva-Siti v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Favqulodda vaziyatlar vazirligining kuch va vositalari voqea joyida vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib bormoqda. Chaqnashning kelib chiqish sabablari bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangan.
TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. Energetika vazirligi Yangi-Angren IES da yuz bergan portlash sabablari haqida bayonot berdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Novo-Angrenskaya  TES - Sputnik O‘zbekiston
Yangi-Angren IESda yuz bergan portlash yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar boshlandi
Eslatib o‘tamiz, bugun, 20-yanvar, soat taxminan 11:42 da, Yangi-Angrenskaya IES qozonxonasi hududida ko‘mir-havo aralashmasining "chaqnashi" sodir bo‘lgan.
Energetika vazirligi izohiga ko‘ra, kecha 19-yanvar kuni Yangi-Angren IESining № 5 energobloki ta’mirga chiqarilgan. Bugun stansiya quvvati 560 MVt bo‘lgan amaldagi energobloklar bilan ishlagan. Bitta energoblok zaxirada bo‘lgan.
Rejali xizmat ko‘rsatish paytida sodir bo‘lgan hodisa natijasida uch kishi olingan jarohat sababli vafot etgan, yana uch kishi turli darajada kuyish tan jarohatini olgan. Vafot etgan va jarohat olganlar 5-energiya blokida profilaktika ishlarini olib borayotgan xizmat ko‘rsatish xodimlari bo‘lgan.
Sotrudnik MChS vo vremya tusheniya pojara - Sputnik O‘zbekiston
Yangi-Angren IESda yuz bergan portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
Favqulodda vaziyatlar vazirligining kuch va vositalari voqea joyida vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib bormoqda. Chaqnashning kelib chiqish sabablari bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangan.
Yong‘in sabablarini aniqlashtirish uchun Yangi-Angren IESga Energetika vazirligi, FVV rahbarlari, tergov organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari yetib borishgan.
Hozirda tergov organlari hodisa sabablarini o‘rganmoqdalar, shundan so‘ng rasmiy ma’lumotlar beriladi.
Pudrat tashkilotlari va kasaba uyushma qo‘mitalari rahbariyati tomonidan vafot etganlar hamda jarohat olganlarning oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda arxiv xarakteridagi videolar tarqatilgan bo‘lib, bu bugungi voqealarga aloqador emasligini bildiramiz, deyiladi vazirlik bayonotida.
Yangiliklar lentasi
0