Kattaqo‘rg‘onda bir qiz uni ikki erkak zo‘rlaganini ma’lum qildi: ulardan biri o‘lgan

CC0 / pixabay / Marcello MigliosiDevushka sidit zakriv litso. Illyustrativnoe foto
Devushka sidit zakriv litso. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikkinchi yanvar kuni 16 yoshli qiz uni turli vaqtlarda ikki erkak zo‘rlaganini ma’lum qilgan. 10-yanvarda qiz bedarak yo‘qolgan. Bundan tashqari, gumonlanuvchilarning biri 13-yanvar kuni o‘lgan.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida voyaga yetmagan qiz 2-yanvar kuni IIBga murojaat qilib, ikki erkak uning nomusiga tekkanini ma’lum qilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, 16 yoshli P.E. fuqaro I.S. o‘zining “Matiz” mashinasida uni Kattaqo‘rg‘on shahar “Chinobod” mahallasi hududiga olib borib, zo‘rlik ishlatib nomusiga tekkanligini ma’lum qilgan. Shuningdek, fuqaro S.R. ham “VAZ 2106” mashinasida uni tumandagi “Suv ombori” hududiga olib borib, uni zo‘rlab jinsiy aloqa qilganligi aytgan.
Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ayol o‘z vatandoshlari tomonidan zo‘rlandi
Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tergovga qadar tekshiruv doirasida voqea joyini ko‘zdan kechirib, ishga aloqador shaxslarning ko‘rsatmalarini olgan. Qiz tanasidagi jarohatlarga aniqlik kiritish maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertiza tayinlangan.
Ishda to‘plangan dalillarga asosan O‘zbekiston JKning 118-moddasi 1-qismi bilan (nomusga tegish, ya’ni zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura: 16 yoshli qizning nomusiga teggan xonanda qonun oldida javob beradi
Bundan tashqari, P.E.ning arizasida ko‘rsatilgan fuqaro S.R. 13-yanvar kuni o‘zining Kattaqo‘rg‘on tuman “Saroyqo‘rg‘on” mahallasida joylashgan uyida vafot etganligi aniqlangan.
Fuqaro S.R.ning o‘lim sabablarini aniqlash yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, 14-yanvar kuni qizning onasi farzandi 10-yanvar kuni uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0