“Tonirovka”dan davlat budjetiga qancha pul kelib tushdi

CC0 / pixabay / Tonirovannoe steklo avtomobilya
Tonirovannoe steklo avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2019-yil 5-avgustdan 2020-yil 31-dekabriga qadar avtomashinalarning “tonirovka”sidan budjetga 302,6 mlrd so‘mdan ziyod pul kelib tushgan.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yil 5-avgustdan 2020-yil 31-dekabriga qadar “tonirovka” uchun 82 125 ta ruxsatnoma berilgan. Jami 302 mlrd 635 mln so‘m pul mablag‘lari Hukumat qaroriga asosan to‘lov sifatida undirilgan.
IIV DYHXX organlari tomonidan avtotransport vositalaridan ularning oynasini qoraytirish uchun:
  • 2019 yil 5-avgustdan (646-sonli qaror kuchga kirgandan so‘ng) 2019-yil 31-dekabr kuniga qadar 31 367 ta ruxsatnoma berilib, jami 113 mlrd 980 mln so‘m pul mablag‘lari;
  • 2020 yil 1-yanvardan 31-dekabr kuniga qadar 50 758 ta ruxsatnoma berilib, jami 188 mlrd 395 mln so‘m pul mablag‘lari;
  • 2020 yil 1-yanvardan 9-oktabr kuniga qadar 28 326 ta ruxsatnoma berilib, jami 135 mlrd 638 mln so‘m pul mablag‘lari;
  • 2020 yil 10-oktabrdan (635-sonli qaror kuchga kirgandan so‘ng) 31-dekabr kuniga qadar 22 432 ta ruxsatnoma berilib, jami 52 mlrd 757 mln so‘m pul mablag‘lari to‘langan.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 635-sonli qarori bilan yengil shaxsiy avtomobillarni orqa yon oynalarini tusini o‘zgartirish (qoraytirish) narxi BHMning 10 baravaridan — 2 mln 230 ming so‘mdan BHMning 5 baravariga, ya’ni 1 mln 115 ming so‘mga tushirilgan.
Shu sabab, fuqarolar tomonidan avtomobillarni orqa yon oynalarini qoraytirishga talab ortib ketgan. Yuqoridagi qaror kuchga kirgach, bir kunda o‘rtacha 320 ta ruxsatnoma berila boshlangan (ilgari bir kunda o‘rtacha 120 ta ruxsatnoma berilgan).
Yangiliklar lentasi
0