Navalniy bilan bog‘liq holat bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atishga asos yo‘q - Lavrov

© AP Photo / Evgeny FeldmanAleksey Navalniy
Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada Aleksey Navalniy bilan sodir bo‘lgan voqea yuzasidan jinoiy ishini ochish uchun asos yo‘q - Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiyada Aleksey Navalniy bilan sodir bo‘lgan voqea yuzasidan jinoiy ishini ochish uchun asos yo‘q, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"Navalniy tahlillarida harbiy moddalar bilan zaharlanish haqida gapiradigan hech narsa topmaganligimiz sababli, kimdir buning aksi haqida aytganidan qat’iy nazar, qonunchiligimiz bo‘yicha jinoiy ishini qo‘zg‘atish uchun asos yo‘q", - dedi Lavrov matbuot anjumanida.
Avvalroq Lavrov G‘arb davlatlarining Navalniyni ozod qilish haqidagi chaqiriqlariga izoh berar ekan, ularning maqsadi - liberal rivojlanish modeli yuzaga kelgan eng chuqur inqirozdan e’tiborni chalg‘itish ekanligini aytgan edi.
Qidiruvga e’lon qilinayotgan Navalniy yakshanba kuni Germaniyadan Rossiyaga qaytib keldi. U aeroportda hibsga olindi. FSIN ta’kidlashicha, Navalniyga nisbatan boshqa ehtiyot choralari sud tomonidan belgilanadi, sud qaroriga qadar u hibsda bo‘ladi.
Aleksey Navalniy 20-avgust kuni samolyotda o‘zini yomon xis qilgandan keyin Omskdagi kasalxonaga yotqizildi. Shifokorlar modda almashinuvi buzilishi, qonda shakar darajasining keskin pasayishiga olib keldi. Bunga nima sabab bo‘lganligi hali aniq emas, ammo Navalniyning qoni va siydigida zahar izlari topilmadi.
Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Navalniy ishi: Rossiya Yevropa Ittifoqiga qarshi sanksiya qo‘lladi
Keyinchalik Navalniy davolanish uchun Germaniyaga olib ketiladi. Sentabr oyi boshida Germaniya hukumati rossiyalik "Novichok" jangovar moddasi bilan zaharlanganligini e’lon qildi. Moskva Berlin laboratoriyasidan olingan tahlillar natijalari batafsil ma’lumot olish uchun so‘rovnoma yubordi, ammo javob kelmadi.
Shu bilan birga, Germaniya BND-razvedka xizmati 1990-yildan beri boshlab ushbu moddadan foydalana olgani ma’lum. Ushbu modda, shuningdek, 20ta g‘arb davlatlari, xususan, Buyuk Britaniya, AQSh, Shvetsiya, Chexiya tomonidan o‘rganilgan. Rossiya 1992-yildagi prezident farmoniga binoan kimoviy qurol sohasida ishlanmalarni to‘xtatgan, 2017-yilda esa bu singari moddalarning barcha zaxirasini yo‘q qilgan, bu holat OZXO tomonidan tasdiqlangan.
Oktabr oyi boshida OZXO Navalniy organizmida topilgan moddalar taqiqlangan dorilar ro‘yxatida yo‘qligini e’lon qildi. Biroq, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi cheklovlarni joriy qildi.
Yangiliklar lentasi
0