https://oz.sputniknews.uz/20210117/abib-Nurmagomedov-UFCga-aytish-shartini-aytdi-15803287.html
Habib Nurmagomedov UFCʼga qaytish shartini aytdi
Habib Nurmagomedov UFCʼga qaytish shartini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Habib Nurmagomedov UFC 254 musobaqasi doirasida Jastin Getjini mag‘lub qilgandan so‘ng sportdagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi. 17.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-17T14:20+0500
2021-01-17T14:20+0500
2021-01-17T14:22+0500
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/11/15802567_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_d406ca0c8cd09b10f616d3c23ce5f03a.jpg
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. UFCʼning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov qaysi holatda karyerasini qayta tiklash haqida o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi. Kuni kecha u tashkilot prezidenti Dana Uayt Abu-Dabida uchrashuv o‘tkazdi. Dana Uayt uchrashuv tafsilotlarini ochiqladi.Uaytning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda Habibning boshiga ko‘plab sinovlar tushgan: otasining vafoti, Getji bilan jangdan oldin oyog‘ining jarohatlanishi.“O‘shanda Habib bilan o‘ziga kelib olishi uchun tanaffus olish borasida kelishib olgandik. Habib o‘zi xohlagan barcha narsaga erishdi. Uning qaytishi uchun motivatsiya yo‘q. Kelasi hafta biz ikkita top jang guvohiga aylanamiz: Konor Makgregor Dastin Poryega qarshi, Maykl Chendler esa Den Hukerga. Agar ushbu yigitlar qandaydir fenomenal narsa ko‘rsata olsa, Habib qaytish borasida o‘ylab ko‘rishini aytdi”, - dedi Uayt. U Habibga braziliyalik Charlz Oliveyra o‘tkazgan jang ma’qul kelganini qo‘shimcha qilgan.Habib esa o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida UFCʼ rahbari bilan suhbat tafsilotlarini "Kavkaz asirasi" filmi sahnasi asosidagi tayyorlangan hazil rolik bilan ta’rifladi.Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov UFC 254 musobaqasi doirasida Jastin Getjini mag‘lub qilgandan so‘ng sportdagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi. U 29-marta jang o‘tkazib, ularning barchasida qo‘li baland kelgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/11/15802567_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_191eaf2be1236a47da77feccbf88a962.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport
Habib Nurmagomedov UFCʼga qaytish shartini aytdi
14:20 17.01.2021 (yangilandi: 14:22 17.01.2021) Habib Nurmagomedov UFC 254 musobaqasi doirasida Jastin Getjini mag‘lub qilgandan so‘ng sportdagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. UFCʼning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov qaysi holatda karyerasini qayta tiklash haqida o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi. Kuni kecha u tashkilot prezidenti Dana Uayt Abu-Dabida uchrashuv o‘tkazdi. Dana Uayt uchrashuv tafsilotlarini
ochiqladi. Uaytning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda Habibning boshiga ko‘plab sinovlar tushgan: otasining vafoti, Getji bilan jangdan oldin oyog‘ining jarohatlanishi.
“O‘shanda Habib bilan o‘ziga kelib olishi uchun tanaffus olish borasida kelishib olgandik. Habib o‘zi xohlagan barcha narsaga erishdi. Uning qaytishi uchun motivatsiya yo‘q. Kelasi hafta biz ikkita top jang guvohiga aylanamiz: Konor Makgregor Dastin Poryega qarshi, Maykl Chendler esa Den Hukerga. Agar ushbu yigitlar qandaydir fenomenal narsa ko‘rsata olsa, Habib qaytish borasida o‘ylab ko‘rishini aytdi”, - dedi Uayt. U Habibga braziliyalik Charlz Oliveyra o‘tkazgan jang ma’qul kelganini qo‘shimcha qilgan.
“U (Habib. – Sputnik) Habib qaytish uchun sabab ko‘rmasa, divizion chempionligini ushlab turmaydi. U UFC 257ga kelmoqchi, ko‘ramiz”, - deya xotima qildi Uayt.
Habib esa o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida UFCʼ rahbari bilan suhbat tafsilotlarini "Kavkaz asirasi" filmi sahnasi asosidagi tayyorlangan hazil rolik bilan ta’rifladi.
Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov UFC 254 musobaqasi doirasida Jastin Getjini mag‘lub qilgandan so‘ng sportdagi faoliyatini yakunlashini
ma’lum qilgan edi. U 29-marta jang o‘tkazib, ularning barchasida qo‘li baland kelgan.