https://oz.sputniknews.uz/20210115/zbekiston-aeroportlarida-koronavirusga-anday-testlar-mazhburiy-topshiriladi-15791643.html
O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga qanday testlar majburiy topshiriladi?
O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga qanday testlar majburiy topshiriladi?
Sputnik O‘zbekiston
Maxsus komissiya tomonidan belgilangan tartibga ko‘ra, O‘zbekistonga uchib kelganda va uchib ketishda yo‘lovchilar PZR va antigen ekspress-test topshirishlari kerak. 15.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-15T10:06+0500
2021-01-15T10:06+0500
2021-01-15T10:06+0500
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/0e/14967858_0:0:3061:1722_1920x0_80_0_0_6c3aba23904edf0e132eed539a40c135.jpg
TOShKENT, 15 yanv - Sputnik. Uzbekistan Airports O‘zbekistonga uchib kelish va O‘zbekistondan uchib ketish vaqti aeroportlarida koronavirusga qanday testlar topshirilishi haqida yana bir bor eslatib o‘tdi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, o‘tgan yilning 25-dekabrdan boshlab xorijdan kelayotgan shaxslardan antigen ekspress test olish tartibi majburiy o‘rnatilgan.Ma’lum bo‘lishicha, PZR testining manfiy natijasi to‘g‘risidagi tahlil natijalari mavjudligidan qat’iy nazar, yo‘lovchilar o‘z hisobidan xalqaro aeroportlarimizning chegara punkti hududida ekspress test topshirishlari kerak.Toshkent xalqaro aeroportida ekspress test narxi 95 ming so‘m, talabalar uchun 50 ming so‘m miqdorida belgilangan. Ekspress-test tahlil natijalari 15 daqiqa ichida aniqlanadi va pasportlarga shtrix kodlarini qo‘yish orqali tasdiqlanadi.Ma’lumot uchun, 2020-yil 25-dekabrdan 2021-yil 13-yanvarga qadar Toshkent aeroportida 26 mingdan ziyod yo‘lovchidan antigen ekspress testi olingan. Shu kungacha koronavirus aniqlangan 43 yo‘lovchi shifoxonalarga joylashtirildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/0e/14967858_75:0:2804:2047_1920x0_80_0_0_f5c24e2602677d19bcffef51fdceb4ff.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat
O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga qanday testlar majburiy topshiriladi?
Maxsus komissiya tomonidan belgilangan tartibga ko‘ra, O‘zbekistonga uchib kelganda va uchib ketishda yo‘lovchilar PZR va antigen ekspress-test topshirishlari kerak.
TOShKENT, 15 yanv - Sputnik. Uzbekistan Airports O‘zbekistonga uchib kelish va O‘zbekistondan uchib ketish vaqti aeroportlarida koronavirusga qanday testlar topshirilishi haqida yana bir bor
eslatib o‘tdi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, o‘tgan yilning 25-dekabrdan boshlab xorijdan kelayotgan shaxslardan antigen ekspress test olish tartibi majburiy o‘rnatilgan.
Maxsus komissiya ko‘rsatmasi bo‘yicha aeroportdan uchib ketish vaqtida PZR testi, O‘zbekistonga uchib kelganda esa antigen ekspress testini olish tartibi o‘rnatilganini ma’lum qilamiz, - deyigan xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, PZR testining manfiy natijasi to‘g‘risidagi tahlil natijalari mavjudligidan qat’iy nazar, yo‘lovchilar o‘z hisobidan xalqaro aeroportlarimizning chegara punkti hududida ekspress test topshirishlari kerak.
Toshkent xalqaro aeroportida ekspress test narxi 95 ming so‘m, talabalar uchun 50 ming so‘m miqdorida belgilangan. Ekspress-test tahlil natijalari 15 daqiqa ichida aniqlanadi va pasportlarga shtrix kodlarini qo‘yish orqali tasdiqlanadi.
Ma’lumot uchun, 2020-yil 25-dekabrdan 2021-yil 13-yanvarga qadar Toshkent aeroportida 26 mingdan ziyod yo‘lovchidan antigen ekspress testi olingan. Shu kungacha koronavirus aniqlangan 43 yo‘lovchi shifoxonalarga joylashtirildi.