https://oz.sputniknews.uz/20210115/Pandemiya-yilida-Rossiyada-avtomobil-savdosi-anday-bldi-15797741.html
Pandemiya yilida Rossiyada avtomobil savdosi qanday bo‘ldi?
Pandemiya yilida Rossiyada avtomobil savdosi qanday bo‘ldi?
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya avtomobil bozori ikki yildan buyon kamayib kelmoqda. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra 2021-yilda ham tiklanish sezilarli darajada bo‘lmaydi. 15.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-15T18:29+0500
2021-01-15T18:29+0500
2021-01-15T18:35+0500
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0f/15797670_0:83:3071:1819_1920x0_80_0_0_645e82f364c3b61d109c3f3aa2e95496.jpg
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. O‘tgan 2020-yil nafaqat sog‘liqni saqlash, turizm, oshxona va boshqa xizmatlar sohasi, balkim avtomobil savdosi uchun ham murakkab yil bo‘ldi.Pandemiya tufayli Xitoy va boshqa davlatlardan ehtiyot qismlar yetkazib berishda muammolar tug‘ildi, ko‘plab avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalar, dilerlik markazlari o‘z faoliyatini to‘xtatib turishga majbur bo‘lishdi.2020 yilning ikkinchi yarmishga kelib Rossiya avtomobil bozori sekin-asta tiklana boshladi, lekin yil oxiriga qadar o‘tgan yilgi hajmini tiklay olmadi.Yevropa Avtomobil ishlab chiqaruvchilari biznesi Assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyada yangi yengil va tijorat avtomobillari savdosi 2019-yilga nisbatan 9,1%ga qisqargan. Sotilgan jami avtomobillar soni – 1,59 mln donani tashkil qilgan. 2019-yilda jami 1,76 mln dona avtomobil sotilgan edi.Rossiyada 2020-yilda eng ko‘p avtomobil sotgan kompaniyalar:
Lada - 343 ming dona (2019 yilga nisbatan kamayish - 5%)
Kia – 201 ming (-11%),
Hyundai – 163 ming (-9%),
Renault – 128 ming (-11%),
Volkswagen – 105 ming (-5%)
Skoda – 94 ming (+7%)
Toyota – 91 ming (-12%)
Nissan – 56 ming (-13%)
GAZ – 51 ming (-20%)
BMW – 42 ming (+3%)
Mercedes-Benz – 40 ming (-7%)
Shu o‘rinda pandemiyaga qaramasdan savdo miqdorini oshirishga muvaffaq bo‘lgan kompaniyalarni alohida qayd etish kerak.Qolgan aksariyat markalar o‘tkan yilda savdo kamayishini namoyish qilishdi. Yirik brendlardan savdo hajmi eng sezilarli darajada kamaygan kompaniya Mitsubishi bo‘ldi (- 30%).Eng ko‘p sotilgan avtomobil modellari esa Lada Granta (126 ming). Ikkinchi o‘rinda Lada Vesta (107 ming), Kia Rio (88 ming). Krossoverlar orasida Hyundai Creta - 73 ming, Toyota RAV4 – 36 ming, Volkswagen Tiguan – 32 ming, Renault Duster – 31 ming.Yevropa va jahon avtomobil bozori bilan solishtirganda Rossiya avtomobil bozori pandemiyadan uncha katta zarar ko‘rmaganini tushunish mumkin. Xususan 2020-yilda Yevropa avtomobil bozori qisqarishi o‘rtacha 33%ni tashkil qilgan. Shimoliy Amerikada esa ushbu ko‘rsatgich 26 %ni tashkil qilgan.Yevropa avtomobil biznesi Assotsiatsiyasi Rossiyada avtomobil savdosi yaqin vaqt ichida qayta tiklanishiga umid bildirmayapti. Ularning prognoziga ko‘ra Rossiyada 2021-yilda avtosanoat 2,1 %ga tiklanadi xolos.
https://oz.sputniknews.uz/20200928/15067871.html
https://oz.sputniknews.uz/20210115/AvtoVAZ-narkhlarni-oshirdi--15797062.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0f/15797670_0:0:3071:1930_1920x0_80_0_0_40d03c0e02d2b4bc1c169023a534b9a1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda
Pandemiya yilida Rossiyada avtomobil savdosi qanday bo‘ldi?
18:29 15.01.2021 (yangilandi: 18:35 15.01.2021) Rossiya avtomobil bozori ikki yildan buyon kamayib kelmoqda. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra 2021-yilda ham tiklanish sezilarli darajada bo‘lmaydi.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. O‘tgan 2020-yil nafaqat sog‘liqni saqlash, turizm, oshxona va boshqa xizmatlar sohasi, balkim avtomobil savdosi uchun ham murakkab yil bo‘ldi.
Pandemiya tufayli Xitoy va boshqa davlatlardan ehtiyot qismlar yetkazib berishda muammolar tug‘ildi, ko‘plab avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalar, dilerlik markazlari o‘z faoliyatini to‘xtatib turishga majbur bo‘lishdi.
2020 yilning ikkinchi yarmishga kelib Rossiya avtomobil bozori sekin-asta tiklana boshladi, lekin yil oxiriga qadar o‘tgan yilgi hajmini tiklay olmadi.
Yevropa Avtomobil ishlab chiqaruvchilari biznesi Assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyada yangi yengil va tijorat avtomobillari savdosi 2019-yilga nisbatan 9,1%ga qisqargan. Sotilgan jami avtomobillar soni – 1,59 mln donani tashkil qilgan. 2019-yilda jami 1,76 mln dona avtomobil sotilgan edi.
Rossiyada 2020-yilda eng ko‘p avtomobil sotgan kompaniyalar:
- Lada - 343 ming dona (2019 yilga nisbatan kamayish - 5%)
- Kia – 201 ming (-11%),
- Hyundai – 163 ming (-9%),
- Renault – 128 ming (-11%),
- Volkswagen – 105 ming (-5%)
- Skoda – 94 ming (+7%)
- Toyota – 91 ming (-12%)
- Nissan – 56 ming (-13%)
- GAZ – 51 ming (-20%)
- BMW – 42 ming (+3%)
- Mercedes-Benz – 40 ming (-7%)
Shu o‘rinda pandemiyaga qaramasdan savdo miqdorini oshirishga muvaffaq bo‘lgan kompaniyalarni alohida qayd etish kerak.
Bular Skoda (+7%), BMW (+3%), Suzuki (+3%),Isuzu (+16%). Xitoy brendlari ham bu yil yaxshi o‘sish qayd etishdi Haval (+41%), Geely (+61%), Chery (+80%), Changan (+153%) va FAW (+77%).
Qolgan aksariyat markalar o‘tkan yilda savdo kamayishini namoyish qilishdi. Yirik brendlardan savdo hajmi eng sezilarli darajada kamaygan kompaniya Mitsubishi bo‘ldi (- 30%).
Eng ko‘p sotilgan avtomobil modellari esa Lada Granta (126 ming). Ikkinchi o‘rinda Lada Vesta (107 ming), Kia Rio (88 ming). Krossoverlar orasida Hyundai Creta - 73 ming, Toyota RAV4 – 36 ming, Volkswagen Tiguan – 32 ming, Renault Duster – 31 ming.
Yevropa va jahon avtomobil bozori bilan solishtirganda Rossiya avtomobil bozori pandemiyadan uncha katta zarar ko‘rmaganini tushunish mumkin. Xususan 2020-yilda Yevropa avtomobil bozori qisqarishi o‘rtacha 33%ni tashkil qilgan. Shimoliy Amerikada esa ushbu ko‘rsatgich 26 %ni tashkil qilgan.
Yevropa avtomobil biznesi Assotsiatsiyasi Rossiyada avtomobil savdosi yaqin vaqt ichida qayta tiklanishiga umid bildirmayapti. Ularning prognoziga ko‘ra Rossiyada 2021-yilda avtosanoat 2,1 %ga tiklanadi xolos.