Norvegiyada koronavirusga qarshi vaksinatsiyadan so‘ng o‘lim darajasi keskin oshdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy rabotnik v sanitarnom shlyuze
Meditsinskiy rabotnik v sanitarnom shlyuze - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinatsiyadan keyin 20 kishi vafot etgan Yevropa mamlakati qaysiligi ma’lum bo‘ldi
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Norvegiyada 23 kishi koronavirusga qarshi vaksinatsiyadan o‘tgach, hayotdan ko‘z yumishdi. Bu haqda mamlakat dorivor vositalari agentligi bosh vrachi Sigurd Xortem ma’lum qildi.
Putin soobshil o blijayshey regictratsii tretyey rossiyskoy vaksini ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Putin Rossiya vaksinasini dunyodagi eng yaxshi preparat deb atadi
Uning ta’kidlashicha, ayni vaqtda mutaxassislar vaksinadan so‘ng yuz bergan 23ta o‘lim holatlarining 13tasida tadqiqot olib borishmoqda.
Xortemning so‘zlariga ko‘ra, eslanganlarning aksariyati keksa yoshda bo‘lgan.
Sog‘liqlarining zaifligi tufayli ular koronavirusga qarshi vaksinatsiyadan so‘ng kuzatiladigan salbiy ta’sirlarni ko‘tara olmagan bo‘lishlari mumkin.
"Vaksina tufayli yuzaga keladigan belgilar, xususan, temperatura va ko‘ngil aynishi, sog‘lig‘i zaif bo‘lgan katta yoshdagi alohida kishilarning o‘limiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin", - deb ta’kidladi Xortem.
“Sputnik V” Afrikaga etib bordi. Nima uchun Rossiya vaksinasiga ishonishmoqda? - Sputnik O‘zbekiston
“Sputnik V”: Nima uchun Rossiya vaksinasiga ishonch bildirishmoqda? - video
Norvegiyada ommaviy vaksinatsiya 2020-yilning 27-dekabrida boshlangan. Emlash amerikaning Pfizer preparati yordamida amalga oshirilmoqda. Hafta boshida mamlakatga yana bir amerika vaksinasi - Moderna olib kelindi.
Eslatib o‘tamiz, sal oldin koronavirusga qarshi vaksinalashdan so‘ng o‘lim holati yuz bergani to‘g‘risida Polsha hukumati ham bayonot bergan edi. Ayni vaqtda mamlakatda COVID-19 ga qarshi emlanganlar orasida bitta o‘lim holati va 37taga yaqin salbiy ta’sirlar qayd etilgan.
Aniqlik kiritilishicha, Polshada ham emlash Pfizer va Moderna preparatlari bilan amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0