"Yeralash" kinojurnali asoschisi Boris Grachevskiy vafot etdi

© Sputnik / Mixail Fomichev / Mediabankka o‘tishXudojestvenniy rukovoditel "Yeralasha" Boris Grachevskiy
Xudojestvenniy rukovoditel Yeralasha Boris Grachevskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kinorejissor va bolalar uchun mo‘ljallangan eng muvaffaqiyatli va davomli bo‘lgan kinojurnal asoschisi 71 yoshda edi. Grachevskiy Moskvadagi klinikalardan birida koronavirusdan davolangan
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. "Yeralash" bolalar hajviy kinojurnali asoschisi va umrbod rahbari Boris Grachevskiy Moskvada vafot etdi. Bu qayg‘uli xabarni uning do‘sti, shoir Simon Osiashvili o‘zining Facebookdagi sahifasida ma’lum qilgan.
Dilbar Ikramova - Sputnik O‘zbekiston
“Hamisha yodimizdasiz”: 2020-yilda kimlarni yo‘qotdik
"Tamom... Borya Grachevskiy, 35-yillik do‘stlik... Chidolmayman...", - deb yozgan Osiashvili. 
Grachevskiyni 2020-yil dekabr oyi oxirida koronavirus infeksiyasi bilan №52 Moskva shahar kasalxonasiga gospitalizatsiya qilingan edi. Bemor ahvoli goh yaxshilangan, goh yomonlashgan, ammo 14-yanvar, payshanba kuni Grachevskiy do‘stlaridan biri "Yeralash" badiiy rahbari sun’iy komada ekanligi haqida xabar bergan.
Boris Grachevskiy sobiq ittifoqi hududida millionlab tomoshabinlarga "Yeralash" yumoristik jurnali asoschisi va rejisser sifatida tanish edi. 
Moskva rahbariyati xizmat ko‘rsatgan artist xotirasini abadiylashtirishni taklif etishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0