https://oz.sputniknews.uz/20210114/Oilali-migrantlarni-deport-ilmaslik-taklif-etildi-15790679.html
Oilali migrantlarni “deport” qilmaslik taklif etildi
Oilali migrantlarni “deport” qilmaslik taklif etildi
Davlat Dumasining nazorat va reglament boʻyicha qoʻmitasi tomonidan migratsiya qonunchiligiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida hujjat ishlab chiqildi. 14.01.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-01-14T20:20+0500
2021-01-14T20:20+0500
2021-04-02T20:27+0500
migratsiya
deportatsiya
iiv
migrantlar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1386/86/13868686_0:0:3177:1787_1920x0_80_0_0_5eecd7609331c54bd64ddcc1840e2402.jpg
TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Davlat Dumasining Nazorat va reglament qoʻmitasi deputati Natalya Kostenko tomonidan migratsiya qonunchiligiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida hujjat ishlab chiqildi. Unda aytilishicha, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan chet elliklar deportatsiya qilish oʻrniga Rossiyada qoldirish zarur.Hujjat loyihasiga koʻra, agar migrantlar Rossiyada yaqin qarindoshlari - Rossiya fuqarosi bilan birga yashasa, ularni vaqtincha yashash ruxsatnomasi, yashash guvohnomasi bekor qilinmaydi yoki Rossiyaga kirishga cheklov qoʻyilmaydi.Hozir qonunchilikka asosan agar chet el fuqarosi jamoat tartibi va xavfsizligini buzish, narkotik moddalar savdosi yoki migratsiya qoidalarini buzish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarlik uchun yiliga ikki yoki undan ortiq marta javobgarlikka tortilgan boʻlsa, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma (RVP) yoki yashash guvohnomasi (VNJ) bekor qilinadi.Xuddi shu sabablar bilan chet el fuqarosi Rossiyaga kiritilmasligi mumkin - maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi soʻnggi qaror kuchga kirgan kundan boshlab besh yil davomida kirish taqiqlanadi. Masalan, chet el fuqarosi yashash joyini tasdiqlovchi yillik bildirishnomani ikki marta topshirish muddatini oʻtkazib yuborsa, RVP bekor qilinishi mumkin. Natalya Kostenko taklif qilgan qonun loyihasida, bu choralarni yaqin qarindoshi - mamlakatda doimiy yashovchi Rossiya Federatsiyasi fuqarosi boʻlgan chet el fuqarosiga nisbatan qoʻllanmaslik taklif etilgan.Deputat tushuntirishicha, bugungi kunda chet el fuqarosini Rossiyada yashash imkoniyatidan mahrum qilganda, uning bu yerda Rossiya fuqarolaridan iborat oilasi borligi doim ham hisobga olinmaydi. Natijada migrant Rossiyada yaqin qarindoshlari bilan yashash, bolalarni tarbiyalash va ularni boqish, mamlakatda ishlash imkoniyatidan mahrum boʻladi. Uning soʻzlariga koʻra, ushbu masalalar Ichki ishlar vazirligi vakillari bilan muhokama qilingan va ular migrantga nisbatan oqibatlar har doim ham huquqbuzarlik xavfiga mos kelmasligini taʼkidlab, ichki ishlar organlarida bunday vaziyatda mos keladigan qarorni qabul qilish uchun yetarli vositalar yoʻqligiga eʼtibor qaratdi.Qanday huquqbuzarlik qilishiga bogʻliqDavlat Dumasining MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Viktor Vodolatskiyning fikriga koʻra, qonun loyihasini diqqat bilan koʻrib chiqish kerak.U RFda oilasi boʻlgan boshqa davlat fuqurolariga yengillik aynan qaysi huquqbuzarliklar hisobga olinishi muhimligini taʼkidladi."Agar u yoʻlni notoʻgʻri joyda kesib oʻtib, jarimaga tortilgan boʻlsa, demak, tabiiyki, uni oilasidan mahrum qilish mumkin emas, ammo u narkotik moddalarni sotgan boʻlsa, demak, uning mamlakatimizda qiladigan ishi yoʻq”, - deydi deputat.
https://oz.sputniknews.uz/20210114/Menat-migrantlari-onlayn-ravishda-moddiy-rdam-olishlari-mumkin-15789259.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1386/86/13868686_188:0:2917:2047_1920x0_80_0_0_b799f093ddce6e7be83c98fdf2446d6f.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
deportatsiya, iiv, migrantlar
deportatsiya, iiv, migrantlar
Oilali migrantlarni “deport” qilmaslik taklif etildi
20:20 14.01.2021 (yangilandi: 20:27 02.04.2021) Davlat Dumasining nazorat va reglament boʻyicha qoʻmitasi tomonidan migratsiya qonunchiligiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida hujjat ishlab chiqildi.
TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Davlat Dumasining Nazorat va reglament qoʻmitasi deputati Natalya Kostenko tomonidan migratsiya qonunchiligiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
hujjat ishlab chiqildi. Unda aytilishicha, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan chet elliklar deportatsiya qilish oʻrniga Rossiyada qoldirish zarur.
Hujjat loyihasiga koʻra, agar migrantlar Rossiyada yaqin qarindoshlari - Rossiya fuqarosi bilan birga yashasa, ularni vaqtincha yashash ruxsatnomasi, yashash guvohnomasi bekor qilinmaydi yoki Rossiyaga kirishga cheklov qoʻyilmaydi.
Hozir qonunchilikka asosan agar chet el fuqarosi jamoat tartibi va xavfsizligini buzish, narkotik moddalar savdosi yoki migratsiya qoidalarini buzish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarlik uchun yiliga ikki yoki undan ortiq marta javobgarlikka tortilgan boʻlsa, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma (RVP) yoki yashash guvohnomasi (VNJ) bekor qilinadi.
Xuddi shu sabablar bilan chet el fuqarosi Rossiyaga kiritilmasligi mumkin - maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi soʻnggi qaror kuchga kirgan kundan boshlab besh yil davomida kirish taqiqlanadi. Masalan, chet el fuqarosi yashash joyini tasdiqlovchi yillik bildirishnomani ikki marta topshirish muddatini oʻtkazib yuborsa, RVP bekor qilinishi mumkin. Natalya Kostenko taklif qilgan qonun loyihasida, bu choralarni yaqin qarindoshi - mamlakatda doimiy yashovchi Rossiya Federatsiyasi fuqarosi boʻlgan chet el fuqarosiga nisbatan qoʻllanmaslik taklif etilgan.
Deputat tushuntirishicha, bugungi kunda chet el fuqarosini Rossiyada yashash imkoniyatidan mahrum qilganda, uning bu yerda Rossiya fuqarolaridan iborat oilasi borligi doim ham hisobga olinmaydi. Natijada migrant Rossiyada yaqin qarindoshlari bilan yashash, bolalarni tarbiyalash va ularni boqish, mamlakatda ishlash imkoniyatidan mahrum boʻladi.
"Agar kishi huquqbuzarligi natijasida davlatga yetkazilgan zararni qoplagan boʻlsa, nega u Rossiyani tark etishi, uning oilasi azob chekishi kerak?", - deydi Kostenko.
Uning soʻzlariga koʻra, ushbu masalalar Ichki ishlar vazirligi vakillari bilan muhokama qilingan va ular migrantga nisbatan oqibatlar har doim ham huquqbuzarlik xavfiga mos kelmasligini taʼkidlab, ichki ishlar organlarida bunday vaziyatda mos keladigan qarorni qabul qilish uchun yetarli vositalar yoʻqligiga eʼtibor qaratdi.
Qanday huquqbuzarlik qilishiga bogʻliq
Davlat Dumasining MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Viktor Vodolatskiyning fikriga koʻra, qonun loyihasini diqqat bilan koʻrib chiqish kerak.
U RFda oilasi boʻlgan boshqa davlat fuqurolariga yengillik aynan qaysi huquqbuzarliklar hisobga olinishi muhimligini taʼkidladi.
"Agar u yoʻlni notoʻgʻri joyda kesib oʻtib, jarimaga tortilgan boʻlsa, demak, tabiiyki, uni oilasidan mahrum qilish mumkin emas, ammo u narkotik moddalarni sotgan boʻlsa, demak, uning mamlakatimizda qiladigan ishi yoʻq”, - deydi deputat.