Siyosat

Mirziyoyev yangi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirini tayinladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Vazirlikning avvalgi rahbari Muzaffar Soliyev “ishda yoʻl qoʻygan kamchiliklari, qayta-qayta ogohlantirishlarga qaramay tegishli xulosa chiqarmagani uchun” ishdan boʻshatilgan edi.
TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Sherzod Hidoyatov Oʻzbekiston uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri lavozimiga tayinlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli farmonga imzo chekdi.
Avvalroq deputatlar shu vaqtgacha qurilish vaziri birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Hidoyatov nomzodini ushbu lavozimga maʼqullashgan edi.
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining avvalgi rahbari Muzaffar Soliyev “ishda yoʻl qoʻygan kamchiliklari, qayta-qayta ogohlantirishlarga qaramay tegishli xulosa chiqarmagani uchun” 5 yanvar kuni lavozimidan ozod etilgan edi.
Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻzgardi
Sherzod Hidoyatov 1980 yil 20 avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2006 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan.
Mehnat faoliyatini 1998 yilda Oʻzbekiston Oliy xoʻjalik sudining Tashkiliy-nazorat boshqarmasi umumiy boʻlimida nusxa koʻchirish boʻyicha nozirlikdan boshlagan. Turli yillarda bir qator korxona va tashkilotlarda mehnat qilgan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Tashkiliy-nazorat boshqarmasida turli vazifalarda, "NORDLINK ALIMINIUM BUILDING MATERIALS" MCHJ xorij korxonasi direktorining oʻrinbosari, "DREAM PRODUCTION" MCHJ shaklidagi qoʻshma korxonasi direktori, "Toshkent transformator zavodi" aktsiyadorlik jamiyati bosh direktori, "DURABEL BETON" masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, 2018 yildan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Tashkent city" xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida obʼyektlarni qurish va ulardan foydalanish direktsiyasi davlat unitar korxonasi direktori vazifasida ish yuritayotgan.
Sherzod Hidoyatov 2019 yil sentyabridan buyon qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0