Jamiyat

“Makkor virus”: COVID-19 soch toʻkilishiga olib kelishi mumkin

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka oʻtishDevushka v maske v parikmaxerskoy
Devushka v maske v parikmaxerskoy - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Koronavirus soch toʻkilishiga olib kelishi mumkin: Nyu-York yetakchi dermatolog - shifokor Mishel Grin bu haqda gapirib berdi.
TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Mashhur amerikalik dermatolog Mishel Grinning fikriga koʻra, virus organizm uchun jiddiy sinovga aylanadi, uni "shok terapiyasi" yoki stressga reaktsiya deb atash mumkin.
Varenoye yaytso - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
“Tojdor virusdan” himoya qiladigan mahsulotlar
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infektsiyasini boshidan oʻtkazgan odamlarning shikoyatlari paydo boʻldi: ularning soʻzlariga koʻra, ular soch toʻkilishiga duch kelishdi. Bu haqda GQ nashri muxbirlariga serial yulduzi Alisa Milano aytib berdi. Aktrisa Instagram sahifasida bu holat haqida video ham joylashtirdi.
Soch toʻkilishi - bu COVID-19dan keyin organizmning juda koʻp uchraydigan reaktsiyasi hisoblanadi, deydi dermatolog.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, makkor virus inson organizmi uchun jiddiy sinovga aylanadi. Bunday holda, sochlarning hayot tsikli toʻsatdan qisqa vaqt ichida qisqaradi, shundan soʻng "soch toʻkilishi" boshlanadi. Sochlar qayta oʻsib chiqishi mumkin, ammo buning uchun vaqt kerak. Koʻpincha bunday reaktsiyaga alopetsiyaga moyil boʻlgan odamlar duch keladi.
"Koronavirus insonning organizmiga har xil taʼsir qiladi va kasallik oqibatida immunitet tizimidagi stress tufayli, tuzalganlarning aksariyati haqiqatan ham soch toʻkilishidan aziyat chekmoqda", - deydi Grin.
Dermotolog soch toʻkilishining birinchi alomatlari paydo boʻlganda mutaxassisga murojaat qilishni maslahat berdi.
Yangiliklar lentasi
0