Jamiyat

Mudofaa, IIV va MXX vakillari Baxtiyor ona haykaliga gul qoʻyishdi

© MinoboronыSiloviki pochtili pamyatnik Schastlivoy materi
Siloviki pochtili pamyatnik Schastlivoy materi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qoʻmitasi vakillari Baxtiyor ona haykali poyiga gul qoʻyishdi.
TOSHKENT, 14 yanv - Sputnik. Bugun, Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan bir necha vazirlar Mustaqillik maydonidagi Baxtiyor ona haykali poyiga gul qoʻyishdi
"14 yanvar kuni ertalab hurligimiz va ezgu maqsadlarimiz ramzi boʻlgan Mustaqillik va ezgulik monumentiga mamlakatimiz kuch tuzilmalari vakillari tomonidan gulchambarlar qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qoʻmitasi vakillari harbiy orkestr sadosi ostida monument poyiga gulchambarlar qoʻydilar", - deyilgan Mudofaa vazirligi xabarida.
Shuningdek, tantanali tadbirda Oʻzbekiston madhiyasi yangradi va faxriy qorovul vzvodi monument yonidan tantanali marsh sadolari ostida shaxdam qadamlar bilan yurib oʻtdi. 
Harbiy xizmatchilar baxtiyor onaga harbiycha hurmat izhor etishdi.
© MinoboronыSiloviki pochtili pamyatnik Schastlivoy materi
Siloviki pochtili pamyatnik Schastlivoy materi - Sputnik Oʻzbekiston
Kuch ishlatar tizimlari vakillari Baxtiyor ona haykali poyiga gul qoʻyishdi
 
Yangiliklar lentasi
0