https://oz.sputniknews.uz/20210113/Mirziev-Khavfsizlik-kengashining-kengaytirilgan-yiilishini-tkazdi-15772100.html
Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi
Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi
Sputnik O‘zbekiston
Yig‘ilishda mamlakat mudofaa sanoati kompleksini yanada rivojlantirish, davlat chegaralarini qo‘riqlash tizimini takomillashtirish, hamda avariya va texnogen... 13.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-13T09:16+0500
2021-01-13T09:16+0500
2021-04-08T14:21+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
xavfsizlik kengashi
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0d/15772046_0:11:1280:734_1920x0_80_0_0_789c8f256ee700de516d1b75bf520e6e.jpg
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topganining 29-yilligi va Vatan himoyachilari kuni arafasida Qurolli Kuchlar Akademiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.Prezident o‘quv muassasasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va u yerda yaratilgan ta’lim infratuzilmasi obyektlari, shuningdek, Qurolli Kuchlarning zamonaviy qurol va harbiy texnika namunalari hamda milliy mudofaa sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan tanishdi.Shundan so‘ng Akademiyada O‘zbekiston prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni raisligida Qurolli Kuchlar va harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyatining 2020-yil yakunlari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Xavfsizlik kengashi a’zolari, Qurolli Kuchlarning rahbar va qo‘mondonlik tarkibi, joylardagi davlat hokimiyati organlari rahbarlari hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.Yig‘ilishda prezident tomonidan mamlakat mudofaa qobiliyatini yanada oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar, Qurolli Kuchlarni rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar va ularning natijalari batafsil sarhisob qilindi. Vazirlik va idoralar hamda joylardagi davlat xokimiyati organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatiga tanqidiy baho berildi.Prezident 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida, mamlakat hayotining boshqa jabhalari bilan bir qatorda, harbiy sohaning eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga mos qarorlar qabul qilinganligi, amalga oshirilgan tizimli va strategik kompleks chora-tadbirlar natijasida qisqa davr ichida milliy armiyamizning jangovar shayligi va umuman mamlakatning mudofaa qobiliyati sezilarli darajada oshganini ta’kidlab o‘tdi.Yig‘ilishda davlat rahbari Qurolli Kuchlarni rivojlantirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash hamda bu borada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or innovatsiyalarni keng tatbiq etish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berdi.Harbiy kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda harbiy ilmni rivojlantirish borasida Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan harbiy mojarolar va zamonaviy jang amaliyotlarini hamda milliy harbiy san’at tarixini chuqur o‘rganib, qo‘shinlarning tayyorgarlik usul va uslublarini yanada takomillashtirish vazifasi qo‘yildi.Mirziyoyev aholining va birinchi navbatda yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi tizimini takomillashtirish, ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga jalb qilish, intellektual va ijodiy salohiyatni namoyon qilishga sharoit yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.Harbiy okruglar qo‘mondonliklariga kamida 10 tadan maktabni otaliqqa olish hamda harbiy qism komandirlari tomonidan ularda vatanparvarlik va harbiy shon-sharaf darslarini yo‘lga qo‘yish vazifasi qo‘yildi.Qurolli Kuchlarda yaratilgan zamonaviy infratuzilmadan foydalangan holda uyushmagan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga, mehnat bozorida talab qilinadigan kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha ishlarni tashkil etish vazifasi ham qo‘yildi.Bundan tashqari, yig‘ilishda mamlakat mudofaa sanoati kompleksini yanada rivojlantirish, davlat chegaralarini qo‘riqlash tizimini takomillashtirish, favqulodda vaziyatlar prognoz va monitoring qilish hamda avariya va texnogen halokatlarning oldini olish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish bo‘ycha zarur topshiriqlar berildi.
https://oz.sputniknews.uz/20201210/zbek-armiyasi-bir-yilda-anchalik-kuchaydi-15572323.html
https://oz.sputniknews.uz/20200430/zbek-armiyasining-tanklari-anday-tyuning-ilindi---ekspert--14033104.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0d/15772046_0:0:1280:805_1920x0_80_0_0_0c513777b6008df6642825f4b358e0d8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, xavfsizlik kengashi, o‘zbekiston
siyosat, shavkat mirziyoyev, xavfsizlik kengashi, o‘zbekiston
Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi
09:16 13.01.2021 (yangilandi: 14:21 08.04.2021) Yig‘ilishda mamlakat mudofaa sanoati kompleksini yanada rivojlantirish, davlat chegaralarini qo‘riqlash tizimini takomillashtirish, hamda avariya va texnogen halokatlarning oldini olish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur topshiriqlar berildi.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topganining 29-yilligi va Vatan himoyachilari kuni arafasida Qurolli Kuchlar Akademiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Prezident o‘quv muassasasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va u yerda yaratilgan ta’lim infratuzilmasi obyektlari, shuningdek, Qurolli Kuchlarning zamonaviy qurol va harbiy texnika namunalari hamda milliy mudofaa sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan tanishdi.
Shundan so‘ng Akademiyada O‘zbekiston prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni raisligida Qurolli Kuchlar va harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyatining 2020-yil yakunlari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xavfsizlik kengashi a’zolari, Qurolli Kuchlarning rahbar va qo‘mondonlik tarkibi, joylardagi davlat hokimiyati organlari rahbarlari hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda prezident tomonidan mamlakat mudofaa qobiliyatini yanada oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar, Qurolli Kuchlarni rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar va ularning natijalari batafsil sarhisob qilindi. Vazirlik va idoralar hamda joylardagi davlat xokimiyati organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatiga tanqidiy baho berildi.
Prezident 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida, mamlakat hayotining boshqa jabhalari bilan bir qatorda, harbiy sohaning eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga mos qarorlar qabul qilinganligi, amalga oshirilgan tizimli va strategik kompleks chora-tadbirlar natijasida qisqa davr ichida milliy armiyamizning jangovar shayligi va umuman mamlakatning mudofaa qobiliyati sezilarli darajada oshganini ta’kidlab o‘tdi.
Yig‘ilishda davlat rahbari Qurolli Kuchlarni rivojlantirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash hamda bu borada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or innovatsiyalarni keng tatbiq etish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berdi.
Jumladan, barcha darajadagi qo‘mondonlik va boshqaruv organlari faoliyatini takomillashtirish, qo‘shinlarda avtomatlashtirilgan boshqaruv vositalari va komplekslarni joriy qilish orqali ularning hamkorlikdagi operativ va jangovar tayyorgarlik darajasini oshirish, axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash istiqboldagi dolzarb vazifalardan bo‘lib qoladi.
Harbiy kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda harbiy ilmni rivojlantirish borasida Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan harbiy mojarolar va zamonaviy jang amaliyotlarini hamda milliy harbiy san’at tarixini chuqur o‘rganib, qo‘shinlarning tayyorgarlik usul va uslublarini yanada takomillashtirish vazifasi qo‘yildi.
Mirziyoyev aholining va birinchi navbatda yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi tizimini takomillashtirish, ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga jalb qilish, intellektual va ijodiy salohiyatni namoyon qilishga sharoit yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Harbiy okruglar qo‘mondonliklariga kamida 10 tadan maktabni otaliqqa olish hamda harbiy qism komandirlari tomonidan ularda vatanparvarlik va harbiy shon-sharaf darslarini yo‘lga qo‘yish vazifasi qo‘yildi.
Qurolli Kuchlarda yaratilgan zamonaviy infratuzilmadan foydalangan holda uyushmagan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga, mehnat bozorida talab qilinadigan kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha ishlarni tashkil etish vazifasi ham qo‘yildi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda mamlakat mudofaa sanoati kompleksini yanada rivojlantirish, davlat chegaralarini qo‘riqlash tizimini takomillashtirish, favqulodda vaziyatlar prognoz va monitoring qilish hamda avariya va texnogen halokatlarning oldini olish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish bo‘ycha zarur topshiriqlar berildi.