Qoraqalpog‘istonda yangi qurilayotgan tog‘-kon majmuasi qanday bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Bugungi kunga qadar “Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi” loyihaning bir necha bosqichlari amalga oshirilgan.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Avstriyaning "Horst Wiesinger Consulting GmbH" kompaniyasi bilan hamkorlikda ruda qazib olish, undan boyitilgan kontsentratni ishlab chiqarish, granulyatsiya qilish, tabiiy gazdan foydalangan holda temir olish va undan po‘lat ishlab chiqarish hamda vanadiyni ajratish bo‘yicha laboratoriya-tajriba sinovlarini yakunladi.

Bundan tashqari, qazib olishdan to po‘lat mahsulotlar ishlab chiqarishga qadar bo‘lgan jarayon uchun texnologik reglamentlar ham ishlab chiqildi. Ushbu texnik hujjat optimal texnologik jarayonning amalga oshirish tartibini, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilishini, sanoat xavfsizligini, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga javob beradi.

Ushbu loyiha ko‘mirsiz texnologiyadan foydalanishni nazarda tutgan, bu esa atrof-muhitni ifloslantirmasligi bilan ajralib turadi.

Batafsil Sputnik infografikasida.

Yangiliklar lentasi
0