COVID-19 ga qaramasdan Argentina plyajlari to‘lib toshgan – video

Obuna bo‘lish
Argentinada hukumat koronavirus tarqalishini sekinlashtirishga urinayotgan bir paytda minglab odamlar plyajlar sari oqib kelmoqda.
Argentinada koronavirus pandemiyasiga qaramasdan kishilar quyosh nurlari ostida rohatlanishni afzal bilishmoqda. Mamlakatda yangi kasallanganlar soni oshib bormoqda. Dam olish mavsumi boshlanishi bilan kasallanganlar soni 2 baravarga oshgan.
Ammo bu ko‘pchilikning parvoyiga kelmayapti: odamlar quyoshda toblanib cho‘milishmoqda, ochiq havoda turli bazmlar uyushtirishmoqda.
Shu bilan birga, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanyotganlarni ko‘rish amri mahol. Plaj soyabonlari shunchalik yaqin o‘rnatilganki go‘yoki ularni ijtimoiy masofa saqlash haqida hech kim ogohlantirmagan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Argentinada 1,7 milliondan ziyod kishi COVID-19 bilan kasalllangan, shulardan 1,5 million sog‘ayib ketgan. 44,6 ming kishi virus qurboniga aylangan.
Yangiliklar lentasi
0