https://oz.sputniknews.uz/20210112/ASh-rossiyalik-diplomatlarni-Bayden-inauguratsiyasiga-taklif-ildi-15765059.html
AQSh rossiyalik diplomatlarni Bayden inauguratsiyasiga taklif qildi
AQSh rossiyalik diplomatlarni Bayden inauguratsiyasiga taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Odatda xorijiy davlatlar elchilari prezident inauguratsiyasida ishtirok etishadi, ammo joriy yilda u qisqartirilgan tarkibda o‘tmoqda, va diplomatlar uchun joy... 12.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-12T10:16+0500
2021-01-12T10:16+0500
2021-01-12T10:41+0500
siyosat
jo bayden
aqsh prezidenti
aqshning yangi prezidenti
aqshda prezident saylovlari
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/03/15525367_0:310:3072:2048_1920x0_80_0_0_2fecd4b0b9db243b2c13b7cb6c4916a3.jpg
TOShKENT, 12 yanv - Sputnik. AQSh Rossiyani yangi saylangan prezidenti Jo Baydenning 20-yanvarga rejalashtirilgan inauguratsiyasiga taklif etdi. Tadbirda Rossiya elchisi darajasida ishtirok etish reja qilingan, deb xabar bermoqda RIA Novosti Vashingtondagi Rossiya dipmissiyasiga tayangan holda."Taklifnoma olindi. Elchi darajasida ishtirok kutilmoqda", - deb aytgan RIA Novostiga elchixona vakili.Odatda xorijiy davlatlar elchilari prezident inauguratsiyasida ishtirok etishadi, ammo joriy yilda u qisqartirilgan tarkibda o‘tmoqda, va diplomatlar uchun joy topilishi shu paytgacha noma’lum edi.Avval boshda, tantanali marosimga faqatgina kongress a’zolari va ularning mehmonlari o‘tkazilishi xabar qilingan edi - ya’ni, ularning soni 1100 kishidan ortmasligi aytilgandi.AQShda 3-noyabr kuni o‘tkazilgan prezident saylovlari natijalariga ko‘ra, demokrat Jo Bayden g‘alaba qozondi.Amaldagi davlat rahbari Donald Tramp o‘z mag‘lubiyatini tan olganicha yo‘q.Oltinchi yanvar kuni Vashingtondagi mitingda Tramp o‘z tarafdorlarini prezident saylovlari natijalarini qaytadan ko‘rib chiqish uchun "ojiz respublikachilarga yordam berish uchun" Kapitoliyga borishga da’vat qilgan edi. Olomon Kapitoliyni o‘rab oldi, bino ichiga bostirib kirdi va tartibsizliklarni yuzaga keltirdi, oqibatda Jo Bayden g‘alabasini tasdiqlayotgan kongressning qo‘shma sessiyasi vaqtincha to‘xtatildi. Besh kishi ushbu to‘qnashuvlar tufayli qurbon bo‘ldi.Demokratlar kongressda tartibsizliklar va zo‘ravonlikka da’vat qilgani uchun Trampga impichment e’lon qilishni rejalashtirmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210107/Vashingtondagi-tartibsizliklar-otishma-va-urbonlar-voea-zhoyida-video-15741212.html
https://oz.sputniknews.uz/20210107/Vashingtondagi-tartibsizliklarda-4-kishi-alok-bldi-15738691.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/03/15525367_0:118:3072:2048_1920x0_80_0_0_0804e2a0a98919491cdb69ffc85a9348.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, jo bayden, aqsh prezidenti, aqshning yangi prezidenti, aqshda prezident saylovlari, aqsh
siyosat, jo bayden, aqsh prezidenti, aqshning yangi prezidenti, aqshda prezident saylovlari, aqsh
AQSh rossiyalik diplomatlarni Bayden inauguratsiyasiga taklif qildi
10:16 12.01.2021 (yangilandi: 10:41 12.01.2021) Odatda xorijiy davlatlar elchilari prezident inauguratsiyasida ishtirok etishadi, ammo joriy yilda u qisqartirilgan tarkibda o‘tmoqda, va diplomatlar uchun joy topilishi shu paytgacha noma’lum edi.
TOShKENT, 12 yanv - Sputnik. AQSh Rossiyani yangi saylangan prezidenti Jo Baydenning 20-yanvarga rejalashtirilgan inauguratsiyasiga taklif etdi. Tadbirda Rossiya elchisi darajasida ishtirok etish reja qilingan, deb xabar bermoqda RIA Novosti Vashingtondagi Rossiya dipmissiyasiga tayangan holda.
"Taklifnoma olindi. Elchi darajasida ishtirok kutilmoqda", - deb aytgan RIA Novostiga elchixona vakili.
Odatda xorijiy davlatlar elchilari prezident inauguratsiyasida ishtirok etishadi, ammo joriy yilda u qisqartirilgan tarkibda o‘tmoqda, va diplomatlar uchun joy topilishi shu paytgacha noma’lum edi.
Avval boshda, tantanali marosimga faqatgina kongress a’zolari va ularning mehmonlari o‘tkazilishi xabar qilingan edi - ya’ni, ularning soni 1100 kishidan ortmasligi aytilgandi.
AQShda 3-noyabr kuni o‘tkazilgan prezident saylovlari natijalariga ko‘ra, demokrat Jo Bayden g‘alaba qozondi.
Amaldagi davlat rahbari Donald Tramp o‘z mag‘lubiyatini tan olganicha yo‘q.
Oltinchi yanvar kuni Vashingtondagi mitingda Tramp o‘z tarafdorlarini prezident saylovlari natijalarini qaytadan ko‘rib chiqish uchun "ojiz respublikachilarga yordam berish uchun" Kapitoliyga borishga da’vat qilgan edi. Olomon Kapitoliyni o‘rab oldi, bino ichiga bostirib kirdi va tartibsizliklarni yuzaga keltirdi, oqibatda Jo Bayden g‘alabasini tasdiqlayotgan kongressning qo‘shma sessiyasi vaqtincha to‘xtatildi. Besh kishi ushbu to‘qnashuvlar tufayli qurbon bo‘ldi.
Demokratlar kongressda tartibsizliklar va zo‘ravonlikka da’vat qilgani uchun Trampga impichment e’lon qilishni rejalashtirmoqda.