https://oz.sputniknews.uz/20210111/afta-okhirida-zbekistonga-Erondan-zhuda-ili-avo-massalari-kirib-keladi-15758528.html
Hafta oxirida O‘zbekistonga Erondan juda iliq havo massalari kirib keladi
Hafta oxirida O‘zbekistonga Erondan juda iliq havo massalari kirib keladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zgidromet iliq ob-havo butun ish hafta davomida O‘zbekiston aholisini quvontirishini ma’lum qildi. 15-yanvarda respublika bo‘yicha Erondan juda iliq havo massalari... 11.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-11T13:10+0500
2021-01-11T13:10+0500
2021-01-11T13:10+0500
jamiyat
ob-havo
o‘zgidromet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1318/98/13189828_0:312:3072:2048_1920x0_80_0_0_dec398bad43637f098d22f23d789e2f3.jpg
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Bugun, 11-yanvar kuni O‘zbekiston bo‘yicha ochiq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kuni havo harorati 7-12 daraja iliqqacha isiydi, bu meyordan 4-5 darajaga yuqoridir. Respublika bo‘yicha iliq havo massalari kirib kelishida ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.12 yanvar kuni respublika hududlarining ko‘p qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqni, kunduz kuni 5-10 daraja iliqni tashkil etadi. Faqat respublikaning shimoliy hududlariga Kavkaz hududlaridan salqin va biroz nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining ba’zi joylarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.13 yanvar kuni kechalari Toshkent viloyatida, shuningdek Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ba’zi joylarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqni, kunduz kuni 3-8 daraja iliqni tashkil etadi. Bu iqlimiy meyorlardan deyarli kam bo‘ladi.14 yanvarda O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi esa ko‘tariladi va 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 15 yanvarda respublika bo‘yicha Erondan juda iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi, O‘zbekistonda quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda va havo harorati kechasi 2-5 daraja iliqgacha, ba’zi joylarda, ayniqsa, sovuq kuchli bo‘ladigan hududlarda 0-2 daraja sovuqqacha, kunduzi 10-15 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Bu meyordan 5-7 darajaga yuqoridir.Butun ish xafta davomida respublikaning ba’zi joylarida tumanlar kuzatiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1318/98/13189828_0:118:3072:2048_1920x0_80_0_0_d79cedd65b0904899f829ea280dedfb3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ob-havo, o‘zgidromet
jamiyat, ob-havo, o‘zgidromet
Hafta oxirida O‘zbekistonga Erondan juda iliq havo massalari kirib keladi
O‘zgidromet iliq ob-havo butun ish hafta davomida O‘zbekiston aholisini quvontirishini ma’lum qildi. 15-yanvarda respublika bo‘yicha Erondan juda iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Bugun, 11-yanvar kuni O‘zbekiston bo‘yicha ochiq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kuni havo harorati 7-12 daraja iliqqacha isiydi, bu meyordan 4-5 darajaga yuqoridir. Respublika bo‘yicha iliq havo massalari kirib kelishida ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, deb
xabar qilmoqda O‘zgidromet.
12 yanvar kuni respublika hududlarining ko‘p qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqni, kunduz kuni 5-10 daraja iliqni tashkil etadi. Faqat respublikaning shimoliy hududlariga Kavkaz hududlaridan salqin va biroz nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining ba’zi joylarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
13 yanvar kuni kechalari Toshkent viloyatida, shuningdek Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ba’zi joylarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqni, kunduz kuni 3-8 daraja iliqni tashkil etadi. Bu iqlimiy meyorlardan deyarli kam bo‘ladi.
14 yanvarda O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi esa ko‘tariladi va 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
15 yanvarda respublika bo‘yicha Erondan juda iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi, O‘zbekistonda quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda va havo harorati kechasi 2-5 daraja iliqgacha, ba’zi joylarda, ayniqsa, sovuq kuchli bo‘ladigan hududlarda 0-2 daraja sovuqqacha, kunduzi 10-15 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Bu meyordan 5-7 darajaga yuqoridir.
Butun ish xafta davomida respublikaning ba’zi joylarida tumanlar kuzatiladi.